O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida “Assalom Navro‘z!” shiori ostida teatrlashtirilgan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda filial direktori A.Ayapov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bahor ayyomi – Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Ta’kidlanganidek, sharq xalqlarining uyg‘onish fasli bo‘lgan “yangi kun”, “yangi yil” Navro‘z bayrami o‘lkamizga qutlug‘ qadam qo‘ymoqda. Yangilanish va yasharish ayyomi bo‘lgan Navro‘zni xalqimiz kun bilan tunning tenglashishi, tabiatning uyg‘onishi sifatida keng nishonlab kelmoqda.

Uch ming yildan ziyod tarixga ega bo‘lgan Navro‘z – o‘zida barcha milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizni mujassam etgani bilan xalqimiz uchun g‘oyat qadrlidir. Bu yilgi Navro‘z bayrami yurtimizda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida umumxalq sayili tarzida ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda.

[gallery-22282]

Albatta, shunday musaffo osmon, tinchlik-osoyishtalik hukm surayotgan ona diyorimizga har qanday bayramlar yarashadi. So‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha jabhalarida tub islohotlar amalga oshirilib, yoshlarning o‘qib bilim olishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu boradagi ishlarning amaliy ifodasi sifatida 2024-2025 o‘quv yilida yoshlarimiz uchun qo‘shimcha kvotalar ajratilishi, shuningdek, magistratura bosqichida o‘qiyotgan talaba qizlarning kontrakt puli davlatimiz tomonidan to‘lab berilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash lozim, har yili bayram munosabati bilan Toshkent va Nukus shaharlarida o‘tkaziladigan tantanali bayram tadbirlarida filialning ijodkor yoshlari ham taniqli san’atkorlar qatorida o‘z konsert dasturlari bilan faol ishtirok etib, o‘zlarining ijodiy qobiliyatini namoyish etib kelmoqda. Albatta, shunday bilimli, iste’dodli yoshlarning yetishib chiqishi ularga ta’lim bergan ustozlar, qolaversa, jamoa uchun kata sharafdir.

Tadbirda milliy taomlar, ajdodlarimizdan qolgan uy-ro‘zg‘or buyumlari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Bayram tomoshalari davomida arqon tortish, tosh ko‘tarish, qo‘l kurashi kabi milliy sport o‘yinlari o‘tkazilib, g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Bayram tadbirida “Tumor” ansambli va talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. Ochiq osmon ostida o‘tkazilgan teatrlashtirilgan konsert dasturi barchaning qalbiga zavq va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Orolbo‘yining har bir go‘shasida, korxona, tashkilotlar va barcha mahallalarda yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam keng nishonlanmoqda.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’lim muassasasida Navro‘z bayrami