XV – XVI asrlar tibbiyoti haqida so‘z ketganda, biz ko‘pincha uni Ibn Sino merosining takrori yoki davomi sifatida tasavvur qilamiz.

Biroq, o‘sha davrda yaratilgan tibbiy asarlarni chuqurroq o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, Navoiy zamonasi tabiblari nafaqat buyuk ajdodlari an’analarini davom ettirishgan, balki klinik tibbiyot, farmakologiya va tashxis qo‘yish sohalarida G‘arb ilm-fanidan bir necha asr ilgarilab ketgan qator kashfiyotlarni ham amalga oshirishgan. Bu kashfiyotlar ajdodlarimizning aniq fanlar sohasida ham dunyo sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shganining yaqqol isbotidir.

Bu boradagi eng hayratlanarli misollardan biri mashhur tabib, umrining bir qismini Hirotda Sulton Husayn Mirzo xizmatida o‘tkazgan Muhammad Husayniy Nurbaxshiy Bahouddavlaga (vafoti 1507 yil) tegishlidir. U 1501 yilda o‘zining ko‘p yillik kuzatuvlari asosida “Xulosat at-tajorib” (“Tajribalar xulosasi”) nomli asarini yozadi. Aynan shu kitobda Bahouddavla birinchilardan bo‘lib, bugungi kunda bizga “allergiya” nomi bilan ma’lum bo‘lgan kasallikni aniq tavsiflab bergan. U isitmalar haqida gapirar ekan, bahorda, daraxtlar gullagan vaqtda qo‘zg‘aladigan o‘ziga xos bir xastalik – “humm al-qashshiy” (pichan isitmasi) ustida alohida to‘xtaladi va uni boshqa turdagi isitmalardan farqlash zarurligini qat’iy ta’kidlaydi. E’tiborlisi, bu kasallik Yevropada faqat XIX asrga kelibgina ilmiy jihatdan kashf etilgan va tavsiflangan. Bu esa Bahouddavlaning o‘z zamonidan naq 300 yil o‘zib ketganidan dalolat beradi.

Sharqshunos olim Mahmud Hasaniyning yozishicha, Bahouddavlaning kashfiyotlari bu bilan cheklanib qolmaydi. U Hirotda ishlab yurgan davrida shaharda tarqalgan ko‘kyo‘tal epidemiyasiga duch keladi va uning barcha klinik belgilarini o‘z kitobida batafsil tasvirlab, davolash yo‘llarini ham bayon qiladi. Bu ma’lumotlar bugungi kunda tibbiyot tarixiga ko‘kyo‘tal haqidagi ilk ilmiy tavsif sifatida kiritilgan. Bundan tashqari, o‘sha davr uchun yangi va xavfli hisoblangan zahm (sifilis) kasalligi ham ilk bor aynan Bahouddavla tomonidan “Xulosat at-tajorib”da tilga olingan. Keyinchalik, 1569 yilda boshqa bir tabib Imoduddin Mahmud Sheroziy bu kasallikka bag‘ishlangan Sharqdagi birinchi mustaqil asar – “Risola-i otashak”ni (“Zaxm haqida risola”) yaratadi.

XV – XVI asrlar tibbiyotining yana bir yutug‘i – bu oftalmologiya, ya’ni ko‘z kasalliklarini o‘rganish fanining (“kahhollik”) misli ko‘rilmagan rivojidir. Bu davrda nafaqat Samarqand, Toshkent va Hirotda ko‘plab mohir ko‘z tabiblari yetishib chiqdi, balki bu sohaga oid o‘nlab maxsus asarlar ham yaratildi. Masalan, toshkentlik Shoh Ali ibn Sulaymon al-kahhol 1500-yillarda “Zubda-i manzuma dar fanni kahholiy” (“Kahhollik san’atiga bag‘ishlangan she’riy risola”) asarini yozib, unda ko‘z tuzilishi, kasalliklari va davolash usullarini nazmda bayon qiladi. Keyinchalik u X asrda yashagan mashhur Bag‘dod okulisti Ali ibn Isoning “Kitob tazkirat ul-kahholin” asarini arabchadan forschaga tarjima qilib, uni yangi ma’lumotlar bilan boyitadi. Bu kabi o‘nlab asarlarning yaratilishi (“Zubdat ul-kahholin”, “Ziyoyi uyun” va boshqalar) o‘sha davrda ko‘z mikrojarrohligi va diagnostikasi yuksak darajada bo‘lganini ko‘rsatadi.

Mahmud Hasaniyning ma’lumot berishicha, farmakologiya, ya’ni dorishunoslik ham jadal rivojlangan. Tabiblar turli kasalliklarga qarshi yangi, murakkab tarkibli dorilarni yaratishgan. XVI asrda zahm kasalligiga qarshi “davo” sifatida kashf qilingan “cho‘b-i Chiniy” (Xitoy tomiri) haqida bir nechta risolalar yozilgani (“Risola cho‘b-i Chiniy”, “Risola-i zikri manofi-i bixi Chiniy”) buning dalilidir. Imoduddin Mahmud Sheroziyning “Risola-i podzahr” (“Taryok haqida risola”) asari esa zaharlanishga qarshi vositalar – taryoklar haqida fors tilida yozilgan birinchi mustaqil ilmiy ish hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, Navoiy davri tabobati buyuk kashfiyotlar va ilg‘or g‘oyalar maydoni bo‘lgan. Allergiya va ko‘kyo‘talning ilk tavsifi, oftalmologiyaning yuksak rivoji, yangi dori vositalarining yaratilishi – bularning barchasi ajdodlarimizning ilmiy tafakkuri naqadar teran va ilg‘or bo‘lganini isbotlaydi. Bu tarixiy faktlar bizga nafaqat g‘urur bag‘ishlaydi, balki o‘tmishning boy ilmiy merosini chuqurroq o‘rganish va undan bugungi kun tibbiyoti uchun ham foydali xulosalar chiqarish mumkinligini ko‘rsatadi.

Alisher Egamberdiyev tayyorladi, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy davri tabiblari G‘arbdan bir necha asrlar oldin qanday kashfiyotlar qilishgan?