Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
– Xalqaro moliya tashkilotlari ham islohotlarimizni qo‘llab-quvvatlab, joylarga chiqqan holda loyihalarni tezlatish bo‘yicha hokimlar bilan faol ishlayapti. Yanvar-mart oylarida Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Fransiya rivojlanish agentligi, Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakillari Qoraqalpog‘iston, Andijon, Jizzax, Surxondaryo va Sirdaryoga borib, 200 ga yaqin tadbirkor bilan ishladi. Qisqa vaqt ichida 1,5 milliard dollarlik loyihalarni moliyalashtirishga kelishildi, – dedi davlatimiz rahbari.
Mutasaddilar har bir loyihani yakuniga yetkazish kerakligi haqida ogohlantirildi.
Umuman, bu amaliyotni tizimga aylantirib, yana kamida 3 milliard dollarlik shunday loyihalarni boshqa hududlarda ham qilish topshirildi.
O‘zA