Jizzax viloyati hokimligida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, soliq tushumini oshirish va davlat nazorat mexanizini yanada takomillashtirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2024 yil 16 yanvardagi “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlarining viloyatdagi ijrosi tahliliy va tanqidiy ruhda muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Zafar Azimov, viloyat prokurori Baxtiyor Ibrohimovlar tomonidan tizimda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar jiddiy tanqid ostiga olinib, muttasaddi rahbar va mas’ullar qat’iy ogohlantirildi.

Tadbirda Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha hududiy komissiya  a’zolari tomonidan joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar  ham tinglanib, hisobotlar tahlili davomida tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish  yakunida tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” asosida 23 ta ustuvor yo‘nalishda belgilangan soliq prognoz rejalarini to‘liq bajarish yuzasidan mutasaddi tashkilot va idoralar rahbar va mas’ullari zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.

Byudjet tushumlarini oshirish, yashirin daromad manbalarini aniqlash va qonuniylashtirish orqali iqtisodiy tartib-intizomni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bu kabi tizimli va izchil chora-tadbirlar viloyatda qonuniylikni ta’minlash, soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda yashirin iqtisodiyotning oldini olishga xizmat qiladi.

                                        A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhokama mavzusi – yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash