
Poytaxtimiz Toshkent shahrida Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi davom etmoqda.
Nufuzli anjumanda ishtirok etayotgan Osiyo Parlament assambleyasi Bosh kotibi Muhammad Rizo Majidiy bilan suhbatlashdik:
– O‘zbekiston parlamenti va Osiyo Parlament assambleyasi o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanib borayotganini ta’kidlab o‘tmoqchiman.
Hamkorlikni yanada rivojlantirish, ekologik xavfsizlik, “yashil” texnologiyalardan foydalanish, kambag‘allikni qisqartirish, suv ta’minotini yaxshilash va atrof - muhitni muhofaza qilishga e’tibor qaratmoqdamiz.
Parlamentlararo Ittifoq assambleyasi munosabati bilan O‘zbekistonga yana kelganimdan juda mamnunman. Avval ham Toshkent, Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda ishtirok etganman. Har safar tadbirlar yuksak saviyada tashkil etiladi va bunga biz doim yuqori baho berganmiz.
Oldin kelganim bilan taqqoslasak, O‘zbekiston yildan-yilga rivojlanib borayotgani seziladi.
Parlamentlararo Ittifoq – dunyodagi eng qadimiy tuzilmalardan biri bo‘lib, tashkilotning yubiley assambleyasining Toshkentda bo‘lib o‘tayotgani nafaqat O‘zbekiston, balki Osiyo uchun ham katta ahamiyatga ega.
Bu tadbir O‘zbekiston diplomatiyasi, tashqi siyosati, va albatta, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni aytib o‘tishim kerakki, Osiyoda bunday tadbirlar o‘tadigan davlatlar juda kam.
Prezident Shavkat Mirziyoyev sa’y-harakatlariga juda yuqori baho beraman. Chunki siyosiy, ijtimoiy o‘zgarishlar nafaqat mamlakatda, balki mintaqada, dunyoda amalga oshishiga katta hissa qo‘shmoqda.
Norgul Abduraimova, Rustam Nazarmatov (surat), O‘zA