Poytaxtimizda “Hunarmand” uyushmasi tomonidan “Mohir hunarmandlar” ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tdi.

Unda 100 nafarga yaqin eng mohir hunarmandlar o‘zlarining noyob asarlari bilan ishtirok etdi.

Bugungi kunda respublika miqyosida hunarmandchilikning 32 ta yo‘nalishi bo‘yicha jami 27,5 ming nafar hunarmand faoliyat yuritib kelmoqda. 2025 yilning birinchi choragida usta-shogird an’analarini rivojlantirish orqali bu yo‘nalishda jami 15 ming 176 ta ish o‘rni yaratildi.

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan xotin-qizlarni hunarga jalb etib, bandligini ta’minlash maqsadida o‘quv kurslar tashkil qilinib, ularda 67 nafar ayolga hunar o‘rgatildi.

Ta’kidlash kerakki, hunarmandlar uchun xomashyo eng muhimi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, ularga xomashyoni arzon va tez yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublika “Hunarmand” uyushmasining maxsus sayti test rejimida ishga tushirildi. Mazkur saytda mamlakatimiz hunarmandlari tomonidan qo‘lda gazlama to‘qish uchun mato va iplar, bo‘yoqlar va tabiiy ranglar, teri va charm xomashyosi, o‘yinchoq va suvenir mahsulotlari ishlab chiqarishda kerak bo‘ladigan xomashyolar joylashtirib borilmoqda.

Shu bilan birgalikda, O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan xomashyoni xorijiy mamlakatlardan olib kelish mexanizmi yaratilgan bo‘lib, unga ko‘ra har chorakda xorijiy davlatlarga tashrif buyurish orqali xomashyo bozorlarini aniqlash hamda olib kelish choralari ko‘rilmoqda. 

Jumladan, arzon xomashyo bozorlarini aniqlash, yetkazib berish hamda zamonaviy suvenir mahsulotlarini ishlab chiqish hamda kreativ hunarmandchilik yo‘nalishida hamkorlik qilish yuzasidan uyushma delegatsiyasining Eron hamda Tailand davlatlariga xizmat safari amalga oshirilib, kimyoviy moddalar, xususan indigo yetkazib berish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. 

Hunarmandlar faoliyatini keng ommaga tanishtirish, ularning mehnat mahsulini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazmada namoyish etilgan asarlar tabiiy mahsulotlardan qo‘lda tayyorlangan bo‘lib, unda hunarmandning qalb qo‘ri, ko‘z nuri hamda xalqimizning orzu-istaklari va ming yillik an’analari mujassam. 

Ko‘rgazmada xorijlik mehmonlar ham ishtirok etdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/TqjQtwJAfXk" title="Mohir hunarmandlar koʻrgazmasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mohir hunarmandlar ko‘rgazmasi (+video)