Davlatimiz rahbarining joriy yil 24-25 iyun kunlari Mo‘g‘ulistonga qilgan oliy darajadagi rasmiy tashriflari davomida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida bir qator kelishuvlarga erishilgan edi.  Shulardan biri chorvachilik yo‘nalishida bo‘lib, kuni kecha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi Ishchi guruh Mo‘g‘ulistonga xizmat safarida bo‘ldi.

Xizmat safari davomida dastlabki bosqichda Mo‘g‘ulistondan ming bosh “Bayad” zotli qo‘ylarni Navoiy viloyatida ko‘paytirish uchun O‘zbekistonga aviatransport orqali yuborildi. 

Oktyabr oyi yakuniga qadar tizimli ravishda 60 ta reysda 50 ming bosh, noyabr-dekabr oylarida 50 ming bosh, jami 2025 yil yakuniga qadar 100 ming bosh qo‘ylarni yurtimizga olib kelish yuzasidan choralar belgilab olindi. 

Shuningdek, Mo‘g‘uliston Bosh vaziri o‘rinbosari S.Amarsayxan bilan muzokaralar o‘tkazilib, qo‘y va echkilarni eksport qilishda davlat bojini 18 dollardan 7 dollarga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xizmat safari davomida Mo‘g‘ulistonning “Jargalant Sheep”, “West Point”, “Marble Meat” korxonalari rahbarlari bilan muzokaralar olib borilib, yuboriladigan qo‘ylarni yetkazib berish bo‘yicha yurtimizning 40 dan ortiq fermer xo‘jaliklari o‘rtasida shartnomalar imzolandi.

Shuningdek, Mo‘g‘ulistonning 27 ta go‘sht ishlab chiqaruvchi qushxonalari va o‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘rtasida kooperatsiya tashkil etildi. Bu orqali kelgusi yilda O‘zbekistonga go‘sht importi 3 barobarga oshirilib, 3 ming tonna arzon va sifatli go‘sht yetkazish choralari belgilab olindi.

Aytish kerakki, yurtboshimiz tashabbusi bilan boshlangan ushbu sa’y-harakatlar avvalo bozorlarimizda aholi sevib iste’mol qiladigan go‘sht mahsulotlarini arzonlashtirish, mahalliy qo‘ylarning naslini yaxshilash va kelgusida ushbu davlatdan go‘sht mahsulotlarini olib kelishda tadbirkorlarimiz uchun qulaylik yaratish va bu jarayonlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bosh maqsad qilingan. 

Mo‘g‘ulistondan chorva mahsulotlarining kirib kelishi haqidagi xabar bozorlarimizga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Xo‘sh, bugun bozorlarimizda go‘shtning narxi qancha? Ushbu savolga javob topish maqsadida “Eski Juva dehqon bozori” sari yo‘l olamiz. 

Bozor rastalarini aylanar ekanmiz Jizzaxdan keltirilayotgan go‘sht mahsulotlari arzonlaganining guvohi bo‘ldik. 

Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami arafasida, ayniqsa xalqimizga arzonlashtirilgan chorva mahsulotlari katta miqdorda, tizimli yetkazib berilayotgani bozordagi narxlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 

Shu bilan birga xorijdan keltirilayotgan go‘shtning  o‘rtacha  narxi   50-75 ming so‘mdan to‘g‘ri kelyapti. Masalan, statistik ma’lumotlarga ko‘ra o‘tgan yili qo‘y va mol go‘shti salkam 50 ming tonna chetdan import qilingan. Bu o‘rtacha 200 ming dollarni tashkil etadi. Joriy yilning o‘tgan davrida xorijdan qiymati 350 ming dollardan ziyod bo‘lgan 95 ming tonnadan ortiq qo‘y va mol go‘shti keltirilgan. Mazkur raqamlarga konservalangan mahsulotlarni kiritmadik. 

Joriy yilning 30 yanvar kuni davlatimiz rahbarining “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda veterinariya va chorvachilik sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va qarori qabul qilinishi bilan sohada keng ko‘lamli islohotlar boshlab yuborildi. 

Mazkur Farmon bilan Ipakchilik qo‘mitasi faoliyati tugatilib, uning 15.8 mln gektarlik yaylov yer maydonlari Veterinariya chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga o‘tkazildi.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozim, Prezidentmizning yana bir qarori bilan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 
2 million so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi. 

Chorva ozuqa bazasini mustahkamlash uchun 470 ming gektardan ziyod maydon ajratildi. Ularda asosan beda, silos va makkajo‘xori, xashaki lavlagi hamda boshqa ozuqa ekinlari joylashtirildi. 

Xullas, sohada yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolarni ilmiy yondoshgan xolda chuqur o‘rganish va chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha huquqiy baza mustahkamlandi. Ushbu hujjatlar orqali soha olimlari oldiga ham katta vazifalar qo‘yildi. Bu chorva naslini yaxshilash, nafaqat chorvachilik fermalari, balki aholi xonadonlarida boqilayotgan qo‘y va qoramollarning vaznini va naslini yaxshilashga qaratilgan tizim yaratildi. Chorva ozuqa bazasini mustahkamlash, xalqaro tajribalarni o‘rganish va chorvadorlarimizga eng ma’qullarini tadbiq etish kabi o‘nlab yo‘nalishlarni qamrab olgan yaxlit mexanizm tadbiq etilmoqda. 

Umuman olganda bugun respublikamiz aholisi soni yildan-yilga o‘sib borayotgan bir paytda, oqsilga boy go‘sht mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmining oshirilishi hayotiy zaruratdir va bu masala bejizga davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmagan. Chunki, yurtmizda yetishtirilayotgan go‘sht mahsulotlaridan nafaqat xalqimiz, balki xorijdan kelayotgan millionlab sayyohlar ham bahramand bo‘lmoqda. Zero, ular tomonidan osori-atiqalarimiz bilan birga gastronomik turizmga ham katta e’tibor qaratiladi. 

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/_SQDyzv33Oo?si=OarHAZRZULd0sVrN" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov

Doniyor Yakubov

Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA 

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘g‘ulistondan dastlabki qo‘ylar olib kelindi (+video)