
Misr Arab Respublikasining “Misr bugun”, “Al-Ahrom”, “Parlament”, “Yettinchi kun” kabi qator nashrlari Parlamentlararo Ittifoq 150-assambleyasi munosabati bilan yurtimizga kelgan ushbu mamlakat parlamenti Vakillar palatasi Spikeri Hanafiy Jabaliy Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurganini yoritdi.
Maqolada doktor Hanafiy Jabaliy ikki davlat rahbariyatining hamkorlikni kengaytirishga intilishi, ikki do‘st xalq manfaatiga xizmat qilish yo‘lidagi izchil, muvofiqlashgan sa’y-harakatlari tufayli o‘zaro munosabatlar jadal rivojlanayotganini ta’kidlagan.
Shuningdek u Misr va O‘zbekiston parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlarga ham yuksak baho bergan. Shu bilan birga Parlamentlar do‘stligi assotsiatsiyasi faoliyatini yanada kuchaytirish, qonunchilik sohasida tajriba almashishga qiziqish bildirgan.
Senat Raisi Tanzila Norboyeva o‘z navbatida Misr O‘zbekistonning Yaqin Sharqdagi ishonchli hamkori ekani, ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va an’anaviy aloqalar hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidlagan.
O‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish, parlamentlardagi Do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish, qo‘shma tadbirlar tashkil etishga e’tibor qaratilgan.
Uchrashuv yakunida Hanafiy Jabaliy Senatning Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirgan.
M.Pirmatova, O‘zA