
Qarshi shahri. Tonggi 8:00. Mustaqillik shoh ko‘chasi bo‘ylab “Milliy qadriyatlaring bilan xush kelding, bahor” nomli xalq sayliga start berildi. Milliy urf-odatlar, qiziqarli chiqishlar va ko‘plab yoqimli lahzalarga boy bo‘lgan xalq saylida vohamiz sportchilari ham munosib qatnashdi.
Milliy yurish marafonida o‘zbek milliy liboslari va do‘ppilarimizni kiyib olgan xotin-qizlar, yoshlar hamda Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, viloyat yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Qashqadaryo viloyat futbol akademiyasi sportchilari bayramga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.
Marafon ishtirokchilari shoh ko‘cha bo‘ylab viloyat musiqali drama teatri oldigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tdi. Bayram sayli konsert dasturiga ulashib ketdi.
[gallery-22265]
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari