“Meta” soxta reklamadan milliardlab dollar ishlamoqda
“Reuters” olib borgan surishtiruvga ko‘ra, “Meta” (“Facebook” va “Instagram” egasi) yillik daromadining 10 foizi - taxminan 16 milliard dollarini soxta yoki taqiqlangan reklamadan olarkan.
Foydalanuvchilar har kuni firibgarlik alomati bor 15 milliardgacha shunday postlarni kuzatishadi.
Kompaniya ichki hujjatlari shuni ko‘rsatadiki, “Meta”ga ehtimoliy jarima miqdori 1 milliard dollarga yetishi mumkin. Binobarin, soxta reklamadan olingan foyda oldida bu “maqbul raqam” ekan.
S.Rahimov, O‘zA