
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi va Parlamentlararo ittifoq o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish va chuqurlashtirish borasidagi ko‘p yillik samarali faoliyati, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ustuvor qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, parlament diplomatiyasi hamda mintaqalararo aloqalarni, ochiq va konstruktiv siyosiy muloqotni ilgari surishga bevosita qo‘shgan katta hissasi, shuningdek, mamlakatimizning xalqaro nufuzini dunyo miqyosida ko‘tarishdagi amaliy sa’y-harakatlari uchun Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Pukvareke Chungong O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev