2025 yilning 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida “Kelajakka investitsiyalar” shiori ostida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti, shubhasiz, hozirgi zamon xalqaro munosabatlar tizimida katta o‘zgarishlar debochasi sifatida tavsiflanishi mumkin.

Uzoq kutilgan mazkur siyosiy anjuman Markaziy Osiyo respublikalarining Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini mushtaraklashtirgan holda ikki tomonlama formatdan mintaqalararo miqyosga ko‘chirdi. Shu paytgacha ikki tomonlama munosabatlarga mintaqaviy tus berish faqat Yevropa Ittifoqi tomonining tashabbusi sifatida ko‘rilar edi. Ittifoqning Markaziy Osiyo bo‘yicha umumlashtirilgan yagona strategiyalari ishlab chiqilgan holda, aksincha, Markaziy Osiyoning Yevropa Ittifoqiga nisbatan yagona strategiyasi, jamoaviy yondashuvi va konseptual qarashlari mavjud emas edi.  

Samarqand sammiti, ma’lum ma’noda, mintaqa tashqi siyosatidagi ushbu bo‘shliqni to‘ldirdi va Markaziy Osiyo mamlakatlarining jahon siyosatida “mintaqaviy o‘zligi”ni qaror toptirishi hamda namoyon etish yo‘lidagi birinchi dadil siyosiy qadam bo‘ldi. Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo tarixda birinchi marta teng maqomdagi to‘laqonli ikki mintaqa sifatida bir-biriga ro‘baro keldi. Bu mintaqalararo hamkorlik va sherikchilikni tarannum etuvchi katta tarixning boshlanishi sifatida e’tirof etilishga loyiq hodisadir.  

Sammitni kuzatar ekanmiz, shuurimizda gavdalangan birinchi taassurot shundan iboratki, mintaqaviy integratsiya jarayonlari nuqtai nazaridan tarix va kelajak o‘zaro yuz ko‘rishdi.  

Mintaqaviy integratsiyaning eng muvaffaqiyatli andozasi sifatida e’tirof etiladigan va bu borada 75 yillik tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan Yevropa Ittifoqi aynan xuddi shunday yo‘lning boshida turgan, jahon siyosatida bir yuz, bir ovoz sifatida, bir tanu-bir jon bo‘lib ishtirok etishga bel bog‘layotgan Markaziy Osiyo bilan ko‘hna Samarqand tuprog‘ida jamuljam bo‘ldi.  

Ushbu siyosiy anjumanning ahamiyati va natijalariga baho berishdan oldin, Yevropa Ittifoqining siyosiy va iqtisodiy salohiyatiga to‘xtalib o‘tish o‘rinlidir.  

Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi o‘zida 27 ta a’zo davlatni birlashtirgan yirik mintaqaviy tuzilmadir. Ittifoq hududida 46 tilda so‘zlashuvchi 100 dan ortiq millat vakillari bo‘lmish 450 millionlik aholi yoki dunyo aholisining 5,5 foizi istiqomat qiladi.  

Ittifoqning Germaniya, Fransiya, Italiya kabi yetakchi davlatlari “Katta yettilik”ning a’zosidir, Fransiya esa ayni paytda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi hisoblanadi.  

Yevropa Ittifoqining jahon iqtisodiyotidagi o‘rni alohida e’tirofga molik. Jahonda ishlab chiqarilgan umumiy ichki mahsulotning 18 foizi, ya’ni 16,6 trln. AQSH dollari Ittifoq hisobiga to‘g‘ri keldi. Bu jahon iqtisodiyotining oltidan bir ulushi demakdir. Dunyodagi eng katta daromadga ega deb e’tirof etilgan 500 ta yirik kompaniyaning 161 tasi Yevropa Ittifoqida joylashgan. Yevropa Ittifoqining jahon savdo aylanmasidagi eksport-import ulushi esa 20 foiz, ya’ni 3,645,933 mln. yevroga tengdir. Global xizmatlar eksport-importida Ittifoq o‘rtacha 22 foiz ulush bilan dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi.  

Yevropa Ittifoqi tashqi savdo munosabatlarining o‘ziga xosligi shundaki, uning tashqi savdo aylanmasi har yili taxminan 200 mlrd. yevro hajmidagi ijobiy saldo bilan yakunlanadi. Dunyoning 209 ta mamlakati bilan hamkorlik qiluvchi Ittifoq savdo aylanmasida xalqaro standartdagi 6 ta raqamli uyg‘unlashtirilgan tizim (Harmonized System (HS6))da ro‘yxatga olingan 45550 turdagi mahsulot oldi-sottisi amalga oshiriladi.  

Shunday ekan, Yevropa Ittifoqi xalqaro maydonda yirik iqtisodiy va moliyaviy institut sifatida tan olinayotgan bir davrda Markaziy Osiyo respublikalarining ushbu tashkilot va unga a’zo davlatlar bilan iqtisodiy, savdo, siyosiy va madaniy aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarish zarurati har tomonlama chuqur sherikchilik siyosatini amalga oshirishni taqozo qilmoqda.  

Bugungi kunga qadar sezilarli darajada rivojlanib kelayotgan munosabatlar umumiy qadriyatlar negizida mintaqalararo ko‘p tomonlama manfaatlarning yaqinligini namoyon etmoqda.

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning o‘sib borayotgan sur’ati ham Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mintaqasi o‘rtasida strategik hamkorlik va sherikchilik uchun salmoqli salohiyat mavjudligini tasdiqlaydi.  

Tarixan Markaziy Osiyo Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi ko‘p asrlik an’analarga ega, chunki u ikki qit’a o‘rtasidagi muhim strategik chorrahada joylashgan. Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishganidan buyon jiddiy siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Markaziy Osiyo davlatlari mustaqil davlat sifatida xalqaro maydonda bo‘y ko‘rsatgach, Yevropa Ittifoqi va uning a’zo davlatlari mintaqa mamlakatlari bilan doimiy muloqotni jadallashtirishga kirishganlar.  

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo aloqalari tinch-totuvlikdagi hamkorlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslanadi. Ittifoq mintaqada inkor etilmas manfaatlarga ega. Markaziy Osiyo mintaqasi boy tabiiy zaxiralari, muhim geografik joylashuvi va yuksak insoniy salohiyati bilan Yevropa Ittifoqining sherikchilik va hamkorlik manfaatlari doirasiga kiradi.  

2007 yilda “Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo: yangi sherikchilik uchun strategiya” va 2019 yilda uning mantiqiy davomi sifatida “Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo: yanada kuchliroq sherikchilik uchun yangi imkoniyatlar” kabi strategik hujjatlari ishlab chiqildi va amalga tatbiq etib kelinmoqda. Mazkur hujjatlar Yevropa Ittifoqining mintaqaga nisbatan siyosiy munosabatini belgilovchi va uni amalga oshirish yo‘llarini aniqlashtiruvchi yo‘riqnoma sifatida qaralishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida izchil o‘zaro hamkorlik orqali barqarorlik va farovonlikka erishish maqsadi Yevropa va Markaziy Osiyo munosabatlarini yanada kengaytirishga undadi.

Yevropa qo‘shnilik siyosati doirasida Yevropa Ittifoqining Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan yaqin qo‘shnichilik munosabati Yevropa va Markaziy Osiyoni ham siyosiy hamkorlik, ham iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan bir-biriga yaqinlashtirib bordi.  

Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi barqaror siyosiy va iqtisodiy rivojlanish, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidagi qat’iy qadamlar va zabt etilayotgan yangi marralar, global va mintaqaviy muammolarni hal etish yo‘lidagi aniq va dadil tashabbuslar, umuman, qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar yevropalik hamkorlarning avvalgi qarashlarini sezilarli o‘zgartira oldi.

E’tirof etish joizki, Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘zgarishlarning xalqaro maydondagi evrilishlarga hamohangligi va to‘liq uyg‘unlashib borayotganligi Yevropa Ittifoqida ishonch ruhini yanada kuchaytirdi.  

Ayniqsa, 2016 yildan boshlab O‘zbekiston Prezidentining qat’iy say-harakatlari natijasi o‘laroq mintaqa ichidagi hamkorlikning kuchayishi Markaziy Osiyo xalqlari taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etdi va Ittifoq tomonidan olqishlandi.

Haqiqatda 2016 yildan Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo aloqalarida yangi bosqich boshlangan edi.  

Xalqaro vaziyat, xalqaro hamjamiyat va xalqaro aloqalar tabiati shiddat bilan o‘zgarar ekan, o‘zgarishlar davri da’vati mazkur bosqichning mantiqiy asosini tashkil etishi tabiiy edi. Shu bois, 2017 yil 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun birinchi marta O‘zbekistonga tashrif buyurgan Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili F.Mogerini Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlari xususida gapirar ekan, o‘zgarishlar davri sherikchiligi g‘oyasini ilgari surgan edi.  

Oliy vakil Markaziy Osiyolik hamkorlarni o‘zgarish, rivojlanish va xavfsizlik uchun hamkorlikka chaqirdi. Federika Mogerinining so‘zlariga ko‘ra, “Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘zgarishlar yo‘lidagi sheriklardir..”.Shu asnoda, aytish mumkinki, 2016 yilda ikki tomonlama aloqalardagi turg‘unlik kayfiyatini shiddatli o‘zgarishlar davrining uyg‘oq ruhi egalladi. Samarqand sammiti bundan 10 yil oldin boshlangan tashabbuslarning hal qiluvchi bosqichi sifatida tarixga kirdi.

Sammit uzoq va izchil tayyorgarlik natijasi sifatida ham esda qoladi.

Dastlab ushbu siyosiy tadbirning tashkil etilishi 2024 yilning bahoriga rejalashtirilgan edi. Yevropa Ittifoqidagi parlament saylovlari hamda uning negizida shakllantiriladigan ijro etuvchi hokimiyat instituti – Yevropa Komissiyasining yangi tarkibini saylash va tayinlash bilan bog‘liq jarayonlar uni bir yil ortga surishni taqozo etdi.  

Sammitga tayyorgarlik doirasida joriy yilning fevral oyida Yevropa kengashiga raislik qilayotgan Polsha davlati vakillari bilan doimiy muloqotlar olib borildi, 18 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela boshchiligidagi delegatsiyani, 27 mart kuni Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. O‘sha kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” vazirlarining 20-yig‘ilishida ishtirok etdi.  

Sammit oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro darajada nufuzli “ (https://www.euronews.com/2025/04/01/qa-we-have-a-historic-chance-to-make-our-region-prosperous-uzbekistan-president-tells-euro)Euronews (https://www.euronews.com/2025/04/01/qa-we-have-a-historic-chance-to-make-our-region-prosperous-uzbekistan-president-tells-euro)”axborot (https://www.euronews.com/2025/04/01/qa-we-have-a-historic-chance-to-make-our-region-prosperous-uzbekistan-president-tells-euro) agentligiga intervyu berdi hamda sammitdan kutilayotgan natijalar va umuman, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari xususidagi o‘z qarashlarni bayon etdi.  

Sammitning tafsilotlari Yevropa mamlakatlari hamda Misr, O‘mon va boshqa davlatlarning matbuot sahifalarida yoritildi. Yevropalik taniqli siyosatchilar va olimlarning tadbir xususidagi qarashlari milliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi. Xususan, Yevroparlament deputati, Yevropa xalq partiyasi guruhining O‘zbekiston bo‘yicha ma’ruzachisi Reynxold Lopatka (Germaniya) Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti arafasida “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida mazkur anjumandan kutilayotgan amaliy natijalar va O‘zbekiston bilan hamkorlik istiqbollari haqidagi fikrlarini bildirdi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston tashabbusi bilan tashkil etilgan anjuman milliy va xalqaro darajadagi qizg‘in e’tibor va e’tirofga sazovor bo‘ldi.  

Tadbir ishtirokchilarining qamrovi ham Samarqand sammitining salohiyati va ahamiyatini yaqqol namoyish etdi. Unda Yevropa Ittifoqining a’zo davlatlari va hukumatlari nomidan – Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Ittifoqning asosiy instituti vakili sifatida Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Yevropa Markaziy banki huzuridagi Yevropa investitsiya banki rahbariyati, Yevropa Ittifoqining asosiy moliyaviy hamkori bo‘lgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.  

Olamshumul siyosiy tadbir o‘zining natijalari bilan ham Yevropa va Markaziy Osiyo xalqlari tarixida chuqur iz qoldirdi. Birinchi sammit davomida ikki mintaqa o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va sheriklik aloqalarining bugungi holati va istiqbollari sarhisob qilindi, foydalanilmay kelayotgan imkoniyatlar va bo‘shliqlar aniqlandi hamda ularni real salohiyatga aylantirish strategiyasiga chizgilar berildi, o‘zaro ishonch ruhi mustahkamlandi, uzoq muddatli mintaqalararo strategik sherikchilikning siyosiy va huquqiy asoslari yaratildi.  

Birinchidan, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari o‘zaro hamkorlikni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga kelishib oldilar hamda ikki mintaqa o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatishni nazarda tutuvchi Qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, o‘ta muhim minerallar sohasida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilindi.  

Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida tuzilgan Kengaytirilgan sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning 2025 yilda imzolanishi e’lon qilindi.  

Ikkinchidan, Yevropa Ittifoqi “Global darvoza (Global Getawey)” orqali mintaqa uchun yangi 12 milliard yevrolik investitsiyalar paketini taqdim etdi.

Yangi paket transport (3 milliard yevro), asosiy xom ashyo (2,5 milliard yevro), suv, energetika va iqlim (6,4 milliard yevro) hamda raqamlashtirish, sun’iy yo‘ldosh interneti (100 mln yevro) sohasidagi loyihalarni moliyalashtiradi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi boshqa xalqaro moliyaviy hamkorlar bilan birgalikda Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirish uchun 10 milliard yevro ajratadi, bu esa Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi quruqlik yo‘nalishidagi masofani ikki barobarga, ya’ni 15 kungacha qisqartirish imkonini beradi.

Uchinchidan, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi aloqalarining institutsional tizimi mustahkamlandi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan Markaziy Osiyoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini rag‘batlantirish maqsadida Toshkent shahrida Yevropa investitsiya banki ofisini ochish to‘g‘risida bitim imzolandi. Bundan tashqari, “Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi” sammitini har ikki yilda bir marta tashkil etish, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” parlamentlararo hamkorlik forumini ta’sis etish, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” qo‘shma savdo palatasini ishga tushirish, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatida Bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida Sheriklik qo‘mitasini ta’sis etish, O‘zbekistonda “Ufq – Yevropa” ta’lim dasturining ofisini ochish kabi aniq takliflar ishlab chiqildi.  

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda yevropaliklar tomonidan “qo‘shnilarimizning qo‘shnilari” deb atalayotgan Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalari yangi sifat bosqichiga chiqmoqda. Ikki tomonlama aloqalar yangicha xarakter kasb etib, turg‘unlikdagi hamkorlikdan o‘zgarishlar davri sherikchiligiga aylanmoqda.  

Eng muhimi, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo aloqalarining yangi bosqichi nafaqat yuqori maqomdagi hukumatlararo darajada, balki jamiyatning nodavlat tuzilmalari, fuqarolik jamiyati institutlari, ishlab chiqaruvchilar va biznes guruhlari vakillari, ilm-fan namoyondalaridan iborat “norasmiy qatlam” doiralarida ham o‘z ta’sirini sezdira boshladi. Davlatlar va hukumatlararo oliy darajadagi rasmiy aloqalar tobora oddiy insonlar o‘rtasidagi kundalik muloqot tusini olmoqda. Yevropa Komissiyasi Prezidenti ta’biri bilan aytganda, “eng yaxshilari hali oldinda”.  

Prezidentimiz qayd etganidek, Markaziy Osiyo endi tarixning chetida emas, balki o‘z strategik kun tartibini shakllantirayotgan, jadal rivojlanayotgan mintaqaga aylanmoqda. Siyosiy iroda, yuqori darajadagi o‘zaro ishonch va qo‘shma iqtisodiy tashabbuslar mintaqada barqaror rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.

Markaziy Osiyo Yevropa bilan Osiyo o‘rtasidagi shunchaki “ko‘prik” emas, balki global iqtisodiy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylanmoqda.   

Haydarali Yunusov,

Toshkent davlat yuridik

universiteti professori,

yuridik fanlar doktori.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi” Samarqand sammiti sarhisobi: natijalar, rejalar va istiqbol