
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Sharxonchek mahallasining ichki yo‘llarida asfalt yotqizish ishlari jadal davom etmoqda. Bu ishlar «Tashabbusli byudjet» loyihasi doirasida amalga oshirilayotir.
Asfaltlashtirish jarayoni Namangan Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasiga asosan «21 asr» MCHJ tomonidan Bahor, Humo va Mustaqillik ko‘chalarining 3 kilometr qismida olib borilmoqda.
Yo‘l ta’miri tufayli mahalla aholisini qiynab kelgan transport muammolari bartaraf etilib, ichki yo‘llar ravon va xavfsiz holga keltiriladi.
[gallery-22684]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA