Bu yil yurtimizda 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlanmoqda.

Yurtboshimizning “Kuchli kasaba uyushmalari – kuchli jamiyat asosi” degan so‘zlari bugungi kunda barcha islohotlarimizning mohiyatini ifodalamoqda. Davlatimiz siyosati markazida esa inson, uning mehnati va farovon hayoti turibdi. Shu maqsadda mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, munosib mehnat sharoiti yaratish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilmoqda. Bugungi kunda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishchi-xodimlar mehnatini himoya qilish maqsadida aniq chora-tadbirlar asosida ish olib borilmoqda. Bu haqda NKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi o‘rinbosari O.Temirov muxbirimizga quyidagilarni gapirib berdi.

– Bugun kasaba uyushmalari faqat ishchilar huquqini himoya qiluvchi emas, balki keng ma’noda ijtimoiy rivojlanishning faol ishtirokchisiga aylanib bormoqda. Ular mahallalar bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, ayollar faolligini oshirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslarni amalga oshirib kelyapti.

 Bugungi kunda kombinat kasaba uyushmalari Kengashida 144 ta boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyat ko‘rsatib, 82 ming nafardan ziyod ishchi-xodimning manfaatlarini samarali himoya qilib kelmoqda.

Ishchi-xodimlarning ijtimoiy himoyasi, ish va dam olish vaqtlarini aniqlash hamda xavfsiz mehnat faoliyatini tashkil qilish kasaba uyushmalari Kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi. 

Kombinatimizda ish joylarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilishi va zamonaviy texnika hamda shaxsiy himoya vositalari bilan  ta’minlash, xodimlarni muntazam ravishda o‘qitish va tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, kasaba uyushmalari va korxonalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash orqali ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni kamaytirish, baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda. Bu tashabbuslar inson hayoti va sog‘ligini asrash, mehnat madaniyatini yuksaltirish hamda inson qadrini ulug‘lashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xodimlar va ularning oila a’zolari uchun sog‘lomlashtirish, madaniy dam olish va bolalar oromgohlariga yo‘llanmalar ajratilishi bugungi faoliyatimizning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ularni imtiyozli ravishda sog‘lomlashtirish, sog‘liklarini tiklash, bo‘sh vaqtlarini maroqli tashkil etish uchun so‘lim manzillarda zamonaviy talablarga javob beradigan 6 ta sihatgoh va dam olish maskani, 11 ta bolalar oromgohi, 5 ta tibbiyot muassasasi, 6 ta madaniyat va 6 ta sport maskaniga egamiz. Ularning barchasi hamkasblarimiz va ularning oila a’zolariga sifatli xizmat ko‘rsatib kelyapti. 

Har yili 12 mingdan ziyod bola sog‘lomlashtirish oromgohlarida maroqli dam olmoqda, kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun minglab homiylik yo‘llanmalari ajratilyapti. 

Shuningdek, madaniyat va sport sohalarida ham keng imkoniyatlar yaratilgan. Kombinat tizimidagi madaniyat markazlarida 7 mingga yaqin yoshlar o‘z iqtidorini namoyon etmoqda. Sport inshootlarida esa 10 ming nafarga yaqin ishchi va ularning oila a’zolari muntazam sport bilan shug‘ullanib kelmoqda. 

Bundan keyin ham kombinat kasaba uyushmasi Kengashi ishchi-xodimlarning huquqlarini ta’minlash, mehnat muhofazasi va xavfsizligini kuchaytirish, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish yo‘nalishlarida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshiraveradi.

 A.Bo‘riyev, O‘zA

Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuchli kasaba uyushmalari – kuchli jamiyat asosi