Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Koreya davlatidan kelgan KIDL kompaniyasi raisi Kim Dje Yon, Panapinto ko‘chmas mulkni rivojlantirish kompaniyasi direktori Kim Son Il, Mythings avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi kompaniyasi direktori Li San Xo va boshqa o‘nga yaqin kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.

Unda Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan alohida e’tibori, xalqimizning turmush farovonligini ta’minlash, mintaqada tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya jozibadorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan farmon, qarorlar va shu asosda yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z bordi. Shuningdek, mehmonlarga Orolbo‘yining yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirishdagi mavjud salohiyati, mintaqa uchun alohida berilgan imtiyozlar haqida ma’lumot berildi. 

Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi, jumladan, issiqxona sharoitida intensiv usulda yuqori hosil olishni yo‘lga qo‘yish, bunda muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish, muzlatkichli omborxonalar barpo etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, agrologistika loyihalari ustida hamkorlik kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shu bilan birga, Koreya davlati bilan aloqalarni mustahkamlash borasida qurilish, IT, ta’lim sohalarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni tashkil etish, yirik korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi. 

Orolbo‘yi hududida yangi loyihalarni amalga oshirish doimo qo‘llab-quvvatlanishi va investorlarning ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan har qanday tashabbusiga barcha imkoniyatlar safarbar etilishi ta’kidlandi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreyalik tadbirkorlar bilan uchrashuv