
Jizzax shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchisi Gulmira Sag‘dullayeva Amerika Qo‘shma Shtatlarining 5 ta nufuzli universitetidan grant yutib oldi.
Ushbu muvaffaqiyatga Gulmira yuqori bilimi, o‘z ustida tinimsiz ishlashi va izlanishlari natijasida erishdi. U AQSHning “Thye Univyersity of Arizona” universitetidan 50 ming dollarlik, “Thye Univyersity of Saint Louis”dan 26 ming 400, “Arizona Statye Univyersity”dan 44 ming, “Univyersity of Kyentucky”dan 40 ming va “Colorado Statye Univyersity”dan 40 ming AQSH dollarilik grantlarga ega bo‘ldi.
Bulardan tashqari, yana 6 ta xorijiy xalqaro universitet ham Gulmirani talabalikka qabul qilishga tayyor ekanini ta’kidlab o‘tish lozim.
Bularning barchasi tinimsiz izlanishlar, mashaqqatli mehnat, o‘z oldiga qo‘yilgan oliy maqsad sari dadil intilishlar va, albatta, ustozlarning o‘git va maslahatlariga amal qilishning yorqin samarasidir.
A.Qayumov, O‘zA