Prezident tashrifidan so‘ng...

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida imkoniyatlarni to‘la ishga solish choralari ko‘rilmoqda. Bu esa aholi daromadini oshirib, tadbirkorlik salohiyati kengayishiga zamin yaratmoqda. 2024 yil 31 dekabrda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilinib, zarur masalalar hal etib berilgan edi. Jumladan, unda 2025 yilda 2 milliard dollar investitsiya jalb etish, eksportni 285 million dollarga yetkazish, 168 ming kishini ishli qilish chora-tadbirlari belgilangandi.

Darhaqiqat, bu vazifalar qanday bajarilmoqda bajarilmoqda. O‘tgan olti oyda Jizzaxda sanoat, servis va qishloq xo‘jaligida yana qanday ishlar qilindi, amalga oshirilgan va yangi loyihalar samarasi nimalarda ko‘rinmoqda?  

Davlatimiz rahbari 22 iyul kuni Jizzax viloyatiga tashrifi davomida u yerda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan ham tanishdi.

– Bugungi kunda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 2025 yil davomida 168 ming aholi bandligini ta’minlash reja qilingan bo‘lsa, amalda bu vazifa 70-80 foizga bajarib qo‘yildi, – deydi Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Zafar Azimov. – Biz bu raqamlar bilan to‘xtab qolmasdan yil yakuniga qadar qo‘shimcha yana 50 ming aholi bandligini ta’minlashni rejalashtirdik. Ushbu maqsadlar qaysi manbalar hisobiga amalga oshiriladi, degan savol tug‘iladigan bo‘lsa, aytish mumkinki, birinchi navbatda bu to‘g‘ridan-tug‘ri investitsiyalar va boshqa yirik loyihalar hisobiga to‘g‘ri keladi.  

Aytish mumkinki, viloyatga 662 million dollar investitsiya kirib keldi. Natijadorlikni yanada oshirish maqsadida Jizzax viloyati Zomin tumanida ham “Islohotlar shtabi” tuzilgan.

Jizzax viloyatida yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar ko‘lami qanday? Shular xususida Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Zafar Azimovning fikrlari quyidagi videolavhada:

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/5zc8ZZY5__k?si=kBR4cRxcd40d0tas" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Abdulaziz RUSTAMOV,

O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyatida imkoniyatlarni to‘la ishga solish choralari ko‘rilmoqda