Jizzax shahriga Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan 30 dona “Zhongtong” deb nomlangan yo‘lovchi tashish avtobusi keltirildi.

Ushbu zamonaviy avtobuslar shaharda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Jizzax orient trans” xususiy korxonasi tomonidan olib kelindi.

Avtobuslar Jizzax shahridagi uchta yangi – “Zilol”– “Nurafshon”,  “So‘g‘diyona” – “Uchariq” mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda “Jizzax ASHB” – “Tovar XAB” yo‘nalishlari bo‘yicha “Brutto” shartnomasi asosida qatnashi belgilangan.

Joriy yil yakuniga qadar yana 60 dona “Zhongtong” rusumidagi avtobus olib kelishi rejalashtirilgan.

***

Yangiobod tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha mahallalarda, aholi xonadonlarida, yo‘l chetlari va bo‘sh yer maydonlarida turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, yashil maydonlar kengaytirilmoqda.

Ayni vaqtda Yoshlar ishlari, maktabgacha va maktab ta’limi tuman bo‘limlari hamda “Xo‘jamushkent davlat o‘rmon xo‘jaligi” hamkorligida “Xo‘jamushkent” QFY hududida yoshlar bog‘i tashkil etilmoqda.

Bugun bo‘lib o‘tgan ko‘chat ekish aksiyasida 20 sotix yer maydoni tayyorlanib, hudud iqlimiga mos va chidamli bo‘lgan 500 tup bodom va olma ko‘chati ekildi.

Yoshlar bog‘ining tashkil etilishi nafaqat ekologik muhitni yaxshilash, balki yosh avlodga tabiatni asrab-avaylash ko‘nikmalarini singdirish yo‘lida ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Ko‘chat ekish jarayonida hududning tabiiy xususiyatlari hisobga olinib, ko‘chatlarning barqaror o‘sishini ta’minlash maqsadida agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, doimiy parvarish tizimi yo‘lga qo‘yilib, kelgusida bog‘ni yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan.

***

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi va Jamoat fondi vakillaridan iborat Respublika ishchi guruhi Mirzacho‘l va Do‘stlik tumanlarida bo‘lib, aholi bilan muloqotlar tashkil etgan holda ularning ehtiyojlarini, ijtimoiy soha va mahallalar tizimlaridagi muammolarini “xonadonbay” tarzida o‘rganmoqda.

O‘rganishlar natijasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishi hamda hududlarga mo‘ljallangan muammolarning manzilli va samarali yechimiga qaratilgan tanlovlar e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan.  

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish, ularga qulay turmush sharoiti yaratish, ijtimoiy ob’ektlarda yuzaga kelgan kamchiliklarni hal qilishdir.  

***

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorlilarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika ko‘rik-tanlovining Sharof Rashidov tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tumandagi Yoshlar markazida o‘zlarining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan 40 nafar 16 yoshdan 25 yoshga bo‘lgan yigit-qiz g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Gulruh O‘ktamova, Elnura Ergasheva, Ruxshona Qosimova, Fotima Qodirqulova hamda E’zoza Shukurullayevalar o‘z yosh toifalari bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, ushbu tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

***

Joriy yilning may oyida mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inlari raisligiga saylovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Do‘stlik tumanida O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Jizzax viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan Jizzax viloyat hokimligi huzuridagi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish o‘quv kurslari Davlat ta’lim muassasasi o‘quv markazi bilan hamkorlikda o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda Do‘stlik, Mirzacho‘l, Arnasoy, Paxtakor hamda Zafarobod tumanlarining QFY va MFYlari raislari sayloviga ko‘maklashuvchi komissiyasi a’zolari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga ushbu saylovlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.

***

O‘smat shaharchasida Baxmal tuman prokurori Sh.Abrayev, tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik E.Narzullayev hamda hamkor tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida saf yig‘ini o‘tkazildi.

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida xizmatga jalb qilingan tuman IIB, tuman qo‘riqlash bo‘limi va FVB xodimlari hamda “mahalla yettiligi” vakillariga yo‘riqnomalar berildi.  

Asosiy e’tibor jinoyat qilishga moyilligi bor, tungi vaqtda bemaqsad yurgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritib, tunda qarovsiz qoldirilgan buyumlar va chorva mollari, veloseped, avtomashinalar o‘g‘irlanishini oldini olish bo‘yicha fuqarolar  bilan profilaktik ishlarni tashkil qilishga qaratildi.

[gallery-22261]

A.Qayumov, O‘zA muxbiri

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda