Bugungi kunda yoshlar orasida “Jasorat maktabi” haqidagi suhbatlar tez-tez quloqqa chalinadigan bo‘ldi. Bundan bir necha yil avval boshlangan o‘n kunlik harbiy-vatanparvarlik yig‘ini hayot yo‘lini to‘g‘ri izga solmoqchi bo‘lgan yoshlarga yo‘l ko‘rsatuvchi mayoq bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yig‘in ishtirokchilari o‘n kun davomida shunchaki kun o‘tkazishmaydi, balki belgilangan kun tartibi asosida mashg‘ulotlar tashkil etilib, ilk harbiy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi, kasb-hunarga yo‘naltiriladi.

Ushbu yig‘in qashqadaryolik yoshlar orasida ham katta qiziqishga sabab bo‘layotganini e’tirof etish joiz, viloyatda harbiy vatanparvarlik loyihasining yangi mavsumiga start berildi.

Qashqadaryo viloyatining turli shahar va tumanlaridan kelgan yoshlar Qarshi shahridagi Yoshlar markazi binosida kutib olinib, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli Nishon tumanidagi harbiy qismga tantanali kuzatildi. Harbiy qismlarda yig‘in ishtirokchilari harbiy orkestr musiqalari ostida tantanali kutib olinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ularga harbiy kiyimlar tarqatildi.  

Ochilish marosimida ishtirok etganlar bo‘lajak askarlarga muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek mas’ullar yoshlar bilan uchrashib ularning taklif va muammolarini tingladi. Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan qulaylik va imkoniyatlar batafsil tushuntirildi.  

[gallery-22676]

Ta’kidlash lozimki, huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik ruhini shakllantirish, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash  maqsadida o‘tkazilayotgan “Jasorat maktabi” loyihasining joriy yilgi I mavsumida 120 nafar band bo‘lmagan (otaliqqa olingan, jinoyat qilishga moyilligi bo‘lgan, profilaktik hisobda turuvchi va faol) yoshlarga 15 dan ortiq kasb-hunarlar o‘rgatilishi rejalashtirilgan. Xususan, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, 10 kun ichida ular bilan harbiy, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, IT-texnologiyalari, tadbirkorlik hamda kasb-hunar, shuningdek, avtoservis xizmati, santexnik va chilangarlik, umumqurilish ishlarini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jasorat maktabi”: yangi mavsum