“Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, uy-joy va bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash hamda binolarning energiya samaradorligini oshirishning kelgusi 5 yildagi asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

— sohada yagona davlat siyosatini yuritish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida strategik takliflarni ishlab chiqish, issiqlik ta’minoti korxonalari faoliyatini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tashkilot tashkil etish;  

— markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanmagan to‘rt va undan yuqori qavatli ko‘p kvartirali uy-joylarning isitish tizimida lokal qozonxonalar qurish va boshqa muqobil texnologiyalarni joriy etish hisobiga bir xonadonning gazga bo‘lgan talabini kamida 20 foizga kamaytirish.

Quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi, jumladan:

— markazlashgan issiqlik tizimlaridagi eskirgan 103 ta qozonxona va 1,6 ming kilometr issiqlik tarmog‘i yangilanadi;

— davlat-xususiy sheriklik asosida 9 ta, xalqaro moliya institutlari ishtirokida 13 ta shahar va tumanda modernizatsiya loyihalari amalga oshiriladi;

— markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovi 37 foizdan 58 foizgacha yetkaziladi, tizimdagi yo‘qotishlar 38 foizdan 20 foizgacha qisqartiriladi.

Qarorga muvofiq, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida “Issiqlikta’minoti” AJ tashkil etiladi hamda vazirlikka issiqlik ta’minoti sohasida yagona davlat siyosatini yuritishni yuklanadi.

2025 yil 1 iyundan:

— moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar qurilishda texnik shartlar olinishi talab qilinadigan bino-inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishni loyihalashtirishda ushbu ob’ektlarning loyiha hujjatlarida binolarning o‘z ehtiyojlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va muqobil issiqlik tizimlari hamda energiya tejovchi uskunalarni majburiy o‘rnatish talabi kiritiladi;

— ko‘p kvartirali uy-joylar va binolarning ichki issiqlik va issiq suv tarqatuvchi tizimlarining qurilishi, inshootlar va tarmoqlarda hisoblagichlarning to‘liq o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi;

— markazlashgan issiqlik ta’minoti mavjud hududlarda yangi qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylar, ma’muriy binolar, ijtimoiy soha muassasalari, sanoat va tadbirkorlik sub’ektlari bino va inshootlarining issiqlik tarmoqlariga ulanishi majburiy hisoblanadi.

O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasi tubdan isloh qilinadi