So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun qabul qilingan farmon va qarorlar asosida Taxiatosh tumanida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida joriy etilgan “Sayxunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalari asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tajribalar asosida 2024 yilda tumanda jami 2 ming 844 nafar, jumladan, “Sayxunobod” tajribasi bo‘yicha 472 nafar, “Uychi” tajribasi bo‘yicha 2  ming 14 nafar, “Zarbdor” tajribasi bo‘yicha 18 nafar, “G‘ijduvon” tajribasi bo‘yicha 125 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. 

“Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan har bir hududda uyma-uy yurib xatlov o‘tkazilib, har bir xonadonni o‘rganish natijasida 2 ming 735 nafar fuqaro ish bilan band bo‘ldi. 1 ming 180 nafardan ortig‘i o‘zini o‘zi band qildi. Bunda fuqarolar tovuq, quyon boqish, tomorqa bilan shug‘ullanish orqali oilasiga qo‘shimcha daromad kiritmoqda.

[gallery-22264]

Bugungi kunga 320 ta tadbirkorlik sub’ekti tashkil etildi. Tumanda fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 13 iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tumandagi 14 mahallaga 7 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘lar hisobidan yo‘llar, ichimlik suvi, tungi yoritish chiroqlari, piyodalar yo‘lagi va boshqa fuqarolarning kundalik hayotida muammoga aylanib turgan masalalar bartaraf etildi.

Har bir sohada investitsiya loyihalari bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 sentyabrdagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 44,6 milliard so‘mlik 9 ob’ektda qurilish ishlari boshlandi. Investitsiya loyihasi asosida joriy yilda yangi qurilgan 2 ta ob’ekt foydalanishga topshirilmoqda. “Keneges” ovul fuqarolar yig‘inida 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyat ishlar bo‘yicha tuman sudi binosi foydalanishga topshirildi. Tumanda davlat ahamiyatidagi, mahalliy va ichki yo‘llar 472 kilometr bo‘lib, 2017-2023 yillarda 31 kilometri asfaltlandi. 175 kilometr, shundan, 2024 yilda 3,1 milliard so‘m mablag‘ hisobidan 22 kilometr yo‘lga qum-tosh aralashmasini yotqizish ishlari amalga oshirildi.

Tumanda xizmat ko‘rsatish sohasida 291,4 milliard so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, qurilishda ham so‘nggi 11 oyda 237 milliard so‘mlik hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, Prezidentimiz tomonidan faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun qabul qilingan farmon va qarorlar natijasida fuqarolarni uzoq vaqtdan beri qiynab kelayotgan muammolariga yechim topildi. Tumanda 459 nafar fuqaroning uy-joyiga kadastr hujjati berildi, 500 nafardan ziyod fuqaroning uy–joyining tom qismi shifer qoplamasi bilan yopildi.

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida ommaviy axborot vositalari vakillari tumanda bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

2025 yil dekabr oyida Taxiatosh tumani sport maktabi 1-bazasida Tashabbusli byudjet jamg‘armasi hisobidan kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi. Ayni paytda filialda 460 nafardan ortiq yosh sport bilan muntazam shug‘ullanadi. Bu yerda jiu-jitsu sport turidan taniqli murabbiylar Jasur Tojiboyev, Orinboy Orazimbetov, Zamir Qurbonboyev, Xudaybergen Navro‘zboyev, Begzod Jolliboyev, shuningdek, kurash sport turidan Rasul Haytekov hamda Jasmina Azatova yoshlarga sport sirlarini o‘rgatib kelmoqda. 

“Obod makon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Maxsud Haytboyevning oilasi gulchilik bilan shug‘ullanadi. Issiqxona qurish va gulchilik bilan shug‘ullanib, o‘zini o‘zi band qilish maqsadida “Xalq banki”dan 33 million so‘m miqdorida kredit oldi. Bugungi kunda xonadon tomorqasida atirgulning bir necha turini yetishtiriladi. Shuningdek, issiqxonada limon, xurmo kabi mevali daraxtlar o‘stirilmoqda.

Keyingi manzil “Nurli kelajak” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 90 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Mazkur bolalar bog‘chasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 sentyabrdagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 2024 yilning noyabr oyida qurilish ishlari boshlangan edi. Ushbu inshoot qurilishini joriy yilning noyabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Tumanda bolalarni bog‘chalarga qamrab olish 76 foizga yetdi. Bugungi kunda 18 ta davlat, 5 ta xususiy sheriklik asosidagi, 13 ta oilaviy bolalar bog‘chasi, 22 ta umumta’lim maktabi, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat olib bormoqda. Investitsiya loyihalari asosida tumanda yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari qurilishi ishlari amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimligi tashabbusi bilan “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Ketmonchi bobo” qabristonida obodonlashtirish ishlari tashkillashtirilgan. Ushbu ishlar davomida qabriston atrofi tozalanib, “Yashil makon” loyihasi doirasida turli mevali ko‘chatlar ekilmoqda. 

Tuman hududida qurilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islohotlar aholi manfaatiga xizmat qilmoqda