Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani sport maktabida sportning futbol, badiiy gimnastika, stol tennisi, og‘ir atletika, voleybol, basketbol, boks, taekvando WTF, erkin kurash, badminton, gandbol, milliy kurash, qo‘l jangi kabi 19 turi bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularda 2 ming 750 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz mahorat oshirmoqda.

O‘tgan 2024 yilda sport maktabi tarbiyalanuvchilari O‘zbekiston chempionati musobaqalarida 94 ta, Osiyo chempionatida 3 ta, jahon chempionatida 2 ta va xalqaro turnirlarda 65 ta medalni qo‘lga kiritdi.

[gallery-22623]

So‘nggi yillarda sport maktabining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yoshlarga qulay sharoitlar yaratish borasida ham e’tiborga molik ishlar bajarilmoqda. Xususan, 2024 yil sport maktabining kurash turlariga ixtisoslashtirilgan qo‘shimcha binosida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ushbu zamonaviy sport bazasida hozirda 500 ga yaqin o‘g‘il-qiz milliy kurash va Jiu Jitsu sport turlari bilan muntazam shug‘ullanmoqda.  

Jiu Jitsu turi bo‘yicha 2023 yil Qozog‘iston Respublikasining Ostana shahrida o‘tkazilgan jahon chempionati musobaqasida maktab o‘quvchilaridan biri Asiya Xaybulla 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek,  2024 yil 1-8 may kunlari Birlashgan Arab Amirligining Abu Dabi shahrida o‘tkazilgan I Osiyo chempionatida Azimjon Tojiboyev +94 kg vaznda 3-o‘rin, Kamronbek Karimboyev 77 kg vaznda 3-o‘rin, Islom O‘rozboyev 62 kg vaznda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Hozirda iqtidorli sportchilar joriy yil Iordaniya Jiu Jitsu sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionati bahslariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Sc9gEVnL_cU" title="Iqtidorli sportchilar maskani" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtidorli sportchilar maskani (+video)