Yurtimizning eksport salohiyatini oshirishda yuqori marjali bozorlarga chiqish va ularga bosqichma-bosqich eksport hajmini oshirib borish bo‘yicha qator choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, mahalliy mahsulotlarning xorijiy mamlakatlar bozorlariga eksportini diversifikatsiya qilish va savdo tartibotlarini yengillashtirish maqsadida Turkiya va Pokiston bilan imtiyozli savdo bitimi imzolandi.

Ushbu Bitimlar doirasida Turkiyaga 12 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, Pokiston bozoriga 17 turdagi mahalliy mahsulotlarni imtiyozli savdo tartibi asosida pasaytirilgan bojxona bojlari bilan eksport qilish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birga, 2024 yilda Yevropa Ittifoqining 6 ta davlati hamda Turkiyaga 32 ta charm, oziq-ovqat, meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari eksportchi korxonalari ishtirokida biznes-missiyalar tashkil etilib, 64,6 mln. dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga mahalliy mahsulotlar eksporti uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston tomonidan Yevropa Ittifoqining “Bosh preferensiyalar tizimi plyus” (“GSP+”) benefitsiari maqomi olingan. Bugungi kunda O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning “GSP+” tizimi benefitsiari hisoblanadi.

Ushbu tizim doirasida qo‘llanadigan imtiyozlar doirasida 6200 dan ortiq tovar pozitsiyalari bo‘yicha mahalliy mahsulotlarni Yevropaning 27 ta mamlakati va Britaniya bozorlariga bojxona bojisiz eksport qilish imkoniyatiga ega.

So‘nggi yillarda respublikaning mavjud imkoniyat va salohiyatdan samarali foydalanish orqali tovar va xizmatlar eksport hajmini sezilarli darajada oshirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xorijning nufuzli “RWC” kompaniyasini jalb qilgan holda “O‘zbekiston Respublikasining 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan milliy eksport strategiyasi” ishlab chiqilmoqda. Unda jahon bozori tendensiyalaridan kelib chiqqan holda eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushini 50 foizdan oshirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish, mahsulotlarni xorijda keng targ‘ib qilish va tashqi bozorlar standartlariga moslashtirish, eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish kabi kompleks choralarni ko‘rish orqali 2030 yilda respublikaning eksport hajmini 45 mlrd. dollarga yetkazish nazarda tutilgan.

Bular haqda kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida aytib o‘tildi. Unda Qonunchilik palatasining investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Qudratovga yuborgan “O‘zbekistonning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyalarni jalb etish hamda eksportni diversifikatsiya qilish va global savdo aloqalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” parlament so‘roviga kelgan javob ko‘rib chiqildi.

Deputatlar mazkur parlament so‘roviga yuborilgan javobni qizg‘in muhokama qilib, vazirning javobini ma’lumot uchun qabul qildi.

Muhtarama Komilova, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Investitsiya va savdo aloqalarini rivojlantirishda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?