Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi tantanalari arafasida 80 nafardan ortiq madaniyat va san’at sohasi vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi.

Ushbu mukofotlar davlat rahbari va Hukumat vakillari tomonidan tantanali ravishda o‘z egalariga taqdim etilgan.

Sir emaski, madaniyat va san’at sohasi vakillarining hayoti bamisoli dengiz tabiati kabi. Ba’zida sokin, ba’zida esa to‘fonlarga boy. Bugun uni gastrol safarida ko‘rsangiz, ertaga shifoxona dahlizida uchratishingiz hech gap emas. Lekin ularning kasbiga bo‘lgan fidoyiligi shundaki, har qanday holatda ham, xalq xizmatida bo‘lishni o‘zlari uchun sharaf deb biladi.

Xuddi shunday fidoyilarning bir guruhi ma’lum sabablarga ko‘ra, Istiqlol ayyomi arafasidagi taqdirlash marosimlarida ishtirok etishmagan edi.

Ushbu teatr aktyorlarining ikki nafariga madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida davlat mukofotlari topshirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori Ilhombek Berdiyev "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoni bilan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri balet artisti Nodira Hamroyeva "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi, mukofotlar madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan topshirildi.

Darhaqiqat, Vatan manfaati uchun qilingan har qanday mehnat, hatto kichik ish ham qadrsiz bo‘lib qolmaydi, uning samarasi albatta ko‘rinadi, e’tirof etiladi.

N.Usmonova, O‘zA

Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson qadri, uning halol mehnati ulug‘langan yurt