Poytaxt va viloyat markazlaridagi korxonalarini mehnat resursi, bo‘sh yeri ko‘p tumanlarga ko‘chirmoqchi bo‘lgan tekstil sohasidagi tadbirkorlarga 10 milliard so‘mgacha kredit beriladi. Prezident ishchi kuchi ko‘p talab qiladigan boshqa tarmoq korxonalari ham bunday tashabbus bilan chiqsa, ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytdi.
Arzon xomashyo bilan ta’minlash maqsadida 2028 yil 1 yanvargacha aralash mato va gazlamani bojxona bojidan ozod etilmoqda. Lekin bunday muammo sanoatning boshqa sohalarida ham bor.
Jahon banki ekspertlari ham tarif siyosati ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi kerakligini aytmoqda.
Ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida barcha sohalardagi tadbirkorlardan bu yo‘nalishda 130 ta murojaat kelib tushgan.
Davlatimiz rahbari Bosh vazirning iqtisodiyot va investitsiyaga mas’ul o‘rinbosarlariga 1 noyabrga qadar har bir tarmoq, hududiy korxonalar talabini o‘rganib, boshqa xomashyo va butlovchi qismlar uchun tariflarni qayta ko‘rib chiqishni topshirdi.
Endilikda import jarayonida muvofiqlik sertifikatlari har bir partiyaga emas, shartnomada ko‘rsatilgan hajm uchun beriladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
O‘zA