
AQSHning Kaliforniya shtatida “TYR Pro Swim Series” xalqaro suzish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi vakili Ilya Sibirsev muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Nufuzli musobaqaning 1500 metr masofaga erkin usulda suzish bahslarida Ilya kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ushbu usulda suzishning 400 va 800 metr masofalarda o‘tkazilgan bellashuvlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, suzuvchimiz 200 metrga erkin usulda ham ishtirok etib, marraga oltinchi bo‘lib yetib keldi.
Eslatib o‘tamiz, "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Ilya Sibirsev Illinoysda (AQSH) mart oyida o‘tgan “TYR Pro Swim Series” musobaqasining 200 metr masofaga erkin usulda suzish bellashuvlarida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA muxbiri