FOTOREPORTAJ

Bugungi kunda innovatsion metodlardan foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirish pedagogikaning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu borada ta’lim sohasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ilk bor tashkil etilgan “Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham fikrimizga asos bo‘la oladi. Ahamiyatli jihati, ushbu muhim anjuman Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkil etildi. 

Konferensiya avvalida mehmonlar karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi. Ular maktab hovlisida respublika ijod maktablari tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan tanishdilar. Ayniqsa, Marg‘ilon ijod maktabi “Kulolchilik” to‘garagi a’zolari tomonidan tayyorlangan, jadidlar suratlari tushirilgan sopol tovoqlar mehmonlar e’tiborini tortib, alohida e’tirof etildi.  

[gallery-22671]

Anjumanning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va mas’ul xodimlari, taniqli ijodkorlar, ilmiy soha vakillari, o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.

– Konferensiya davomida maktab direktorlari, pedagoglar, o‘quvchilar va talabalarimiz tomonidan 700 dan ortiq ilmiy maqolalar, tezis va metodik tavsiyalar elektron manzilga kelib tushdi, - deydi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari Sevara Shokirova. – Ilmiy qo‘mita a’zolari tomonidan o‘rganib chiqish natijasida 100 dan ortiq materiallar qabul qilindi. Bular tarkibida o‘quvchilar va talabalarimizning o‘z fikr va mulohazalari, ilmiy qarashlari bilan ishtirok etishlari ahamiyatlidir.

Konferensiya davomida mutaxassislarning mavzu doirasidagi ma’ruzalari tinglandi, shuningdek, trening mashg‘ulotlari ham tashkil etildi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA 

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv