So‘nggi kunlarda jahon hamjamiyati va yurtdoshlarimizning diqqat-e’tibori Fransiya markaziga qaratildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning har ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Fransiyaga tashrifi tom ma’noda o‘zining samaradorligi bilan yodda qoladi.

E’tirof etish kerak, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar uzoq tarixga ega. Bu davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik bugungi kunga kelib o‘zining yangi tarixiy davrini boshladi. Mamlakatimiz rahbarining navbatdagi tashrifi muhim voqeliklarga boy bo‘ldi va bu har ikki davlat o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi.

Ayniqsa, Fransiya Prezidenti Emmanuyel Makron tomonidan O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevga Fransiyaning eng oliy davlat mukofoti – Faxriy legion ordeni topshirilishi nafaqat Yurtboshimiz, balki xalqimizga bo‘lgan yuksak ehtirom natijasi ekanligini ta’kidlash lozim.

Barchaning diqqat-e’tiborini tortgan yana bir jihat Prezident Emmanuyel Makron o‘zbek tilida so‘zladi. Qabul marosimida Fransiya Prezidenti: “Yashasin, O‘zbekiston! Yashasin, Fransiya! Yashasin, Fransiya-O‘zbekiston do‘stligi!”, deb fikr bildirdi. Bu esa o‘zbek millatiga va o‘zbek tiliga cheksiz hurmat belgisi bo‘ldi.

Shuning barobarida Fransiya rahbari o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham o‘zbek tilida yozdi. U o‘zining rasmiy sahifasida “Fransiyaga xush kelibsiz!”, deya O‘zbekiston Prezidentini olqishlab xabar qoldirdi va “Yashasin O‘zbekiston, yashasin Fransiya!”, – deya uni yakunladi. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning naqadar samimiy ekanligini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Fransiya bilan 1992 yildan beri diplomatik munosabatlarni olib borayotgan bo‘lsa-da, ushbu tashrif davomida o‘z tarixida birinchi marta Fransiya bilan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatdi. Shavkat Mirziyoyev va Emmanuyel Makronning o‘zaro muzokaralari yakunida ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida tarixiy qarorga kelindi. Undagi qo‘shma loyihalar portfeli 12 milliard yevrodan ziyodni tashkil etishini ta’kidlash lozim.

Tashrif davomida barcha sohalarda samarali hamkorlik olib borish belgilandi. Jumladan, kelgusidagi oliy ta’lim sohasida ham yangi kelishuvlarga erishilgani malakali kadrlar tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Ayni paytda jahon reytingida oliy ta’lim sohasida Fransiya oliygohlari yetakchi o‘rinlarda turishi barchaga ma’lum. Bu borada O‘zbekistonda Fransiyaning ilk universitetini ochilishi esa barcha yoshlarni va ziyolilarni birdek quvontirdi.

Tashrif samaradorligini yana bir jihati, Fransiya poytaxti Parij shahri ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berilgani bo‘ldi. Bu esa ikki tarixiy shaharlar o‘rtasidagi mushtaraklikni yanada mustahkamladi.

Umuman olganda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi mamlakatimiz tarixida, uning taraqqiyotida muhim ahamiyatga boy voqelik bo‘lish bilan birga xalqlarimiz o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.

Narimon Dehqonov,

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati,

siyosiy fanlar doktori, professor.

O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hurmat va do‘stlikning oliy namunasi