Trampning turli xil hunarlariga jahon ommasi o‘rganib qoldi. Ushbu hafta shunday qarorlaridan birini e’lon qildi. Tramp dunyoning barcha davlatlaridan AQSHga kirib keladigan tovarlarga alohida tarif joriy etilishini ma’lum qildi. Tegishli ro‘yxatdan Janubiy Kavkaz, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq mintaqalaridagi davlatlar ham chetda qolmadi.

O‘zbekiston, Ozarbayjon, Ukraina, Gruziya, Armaniston, Turkiya, Turkmaniston, Eron, Buyuk Britaniya, BAA, Misr, Saudiya Arabistoni, Qatar va Yamanga eng kam — 10 foizlik tarif belgilandi. Isroil — 17, Qozog‘iston — 27, Xitoy — 34, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Iordaniya — 20, Tayvan — 32, Suriya — 41, Iroq — 39 foiz boj bilan "jazolanadi".

Ro‘yxatga Rossiya, Belarus, Eron, Kanada va Meksika kiritilmagan. AQSH moliya vaziri Skott Bessant ayrim davlatlar ushbu ro‘yxatda yo‘qligini, sanksiyalar tufayli AQSH ular bilan savdo qilmayotgani bilan izohlagan.

Trampga ko‘ra, tariflardan tushgan pullarni qarzlarni yopishga ishlatiladi. Shuningdek, u tarif stavkasi nolga teng bo‘lishini istagan davlatlar mahsulotini AQSHda ishlab chiqarishini eslatib o‘tgan.

Mazkur yangi qoida jahon bozoriga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Dunyo birjalarida savdo ochilgach, Amerika, Yevropa va Osiyo qimmatli qog‘ozlari narxi keskin pasaya boshladi. CNN telekanali aniqlik kiritishicha, Apple, Nike va Ralph Lauren kompaniyalari aksiyasi yetkazib berish zanjiriga tahdid tufayli jiddiy zarar ko‘rgan.

The Guardian nashri ma’lumotiga ko‘ra, Apple hamda  Nvidia 470 milliard dollar yo‘qotgan, AQSH valyutasi qiymati 2,2 foiz tushgan. Nasdaq kompaniyasi birja savdosi ham 4,5 foiz pastlagan. Shuningdek, S&P 500 3,4 , Dow 2,7 foiz arzonlashdi.

Tramp qarori «mazasi»ni Yevropa kompaniyalari ham seza boshladi: STOXX-600 indeksi 2,57, DAX 3 foiz yo‘qotdi. Osiyoda esa Yaponiyadagi Nikkei qiymatining 2,77, Gonkongning Hang Seng indeksi 1,52 foizidan ajraldi.

Dunyo yetakchilari Trampning cheklovlariga qarshi choralar ko‘rishini aytib o‘tishgan. Jumladan, Xitoy AQSHdan kirib keladigan barcha tovarlarga 34 fozilik boj joriy qilgan.

Ishonch va erkin savdoga tayangan tuzilmalar ortda qolayotgan bir paytda Kanada Bosh vaziri Mark Karni dunyo davlatlarining yangi tuzilmasiga yetakchilik qilishga tayyorligini ta’kidladi. Bosh vazir Qo‘shma Shtatlardan import qilinadigan yengil va yuk mashinalariga 25 foizlik boj joriy qilinishini ma’lum qilgan.

Yevropa va Ukraina

Kreml voizi Tramp va Putin tez orada muloqot qilishi haqidagi xabarlarni rad etib, hozircha bunday reja yo‘qligini aytdi va ba’zi tafsilotlar bilan bo‘lishdi. Peskovga ko‘ra, Rossiya ehtimoliy o‘t ochish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Ukraina talab qilayotgan xavfsizlik kafolatlari murakkab va muhokama o‘tkazish uchun erta.

Shu qatorda AQSH davlat kotibi Marko Rubio Ukraina to‘liq sulhga erishishga tayyorligini, gap ruslar va Putinda qolganligini aytib o‘tdi. Agar Putin sulhni rad etsa, Oq uy Rossiyaga sanksiya kiritadi.

Mark Ryutte Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish darajasini tushuntirdi. Ryuttening aytishicha, urushdan keyin Kiyevga NATOga a’zolik kafolatlanmagan, biroq a’zolik sari yo‘lga chiqqan bu qachon amalga oshirilishi noaniq. Shuningdek, Bosh kotib Vashingtonning tashkilotdan chiqish haqidagi xabarlar asossiz ekanligini aytdi. Bu haqda Marko Rubio ham gapirgan va Ukrainani qo‘llashda davom etadi.

TASS xabariga ko‘ra, NATOga a’zo davlatlar Ukrainaga yilning dastlabki uch oyida jami 21 milliard dollardan ortiq harbiy yordam ko‘rsatgan.

Bu haqda Alyans Bosh kotibi Mark Ryutte chorshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi arafasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Sulh uchun taraddud ketayotgan bir paytda, Rossiya Ukraina tomon dronlar orqali hujum qilishda davom etmoqda. Zelenskiy buni Putinning urushni to‘xtatishdan niyati yo‘qligi bilan baholadi.

Ukraina lideriga ko‘ra, Kiyevda Fransiya, Buyuk Britaniya va Ukraina vakillari mamlakatda harbiylarni joylashtirish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazgan. Birinchi o‘rinda fransuz harbiylar kiritiladi. Bu qachon va qancha miqdorda ekanligi haqida ma’lumot yo‘q. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda Yevropadan Fransiya yetakchisi Makron boshchilik qilishi kutilmoqda.

Suriyaga bazalariga ishqiboz Turkiya

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Suriyaga hujumlari haqida gapirdi. Xoqon Fidanga ko‘ra, Turkiya Suriyada Isroil bilan qarama-qarshilikka intilmayapti. Agarda suriya kim bilandir kelishuvga erishsa, bu uning ichki ishi. Isroil zarbalari Damashqning boshqa tahdidlarni oldini olishga halal bermoqda.

Reuters manbasida aytilishicha, so‘nggi vaqtlarda Turkiyaning maxsus kuchlari Suriyadagi bazalarni ko‘zdan kechirgan. Jumladan, ular orasida T4, Palmira, Hama harbiy bazalari bo‘lgan. Lekin Isroil kuchlarining bazalarga hujumi natijasida turkiyaliklarning keyingi tekshiruvlarini to‘xtatib qo‘ydi, aytilishicha T4 bazasi foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan.

Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi Prezidentga impichmentni tasdiqladi

Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi 4 aprel mamlakat parlamentining Prezident Yun Sok Yolga nisbatan impichment e’lon qilish to‘g‘risidagi iltimosini qabul qildi. Endi Yun Sok Yol lavozimidan butunlay chetlatiladi.

Hukm parlamentga shu haqda taklif kiritilgandan 111, sud majlisi yakunidan keyin esa 38 kun o‘tgach o‘qildi. Bu juda uzoq muddat. 2016 yil sobiq Prezident Pak Kin Xega impichment e’lon qilish masalasi bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish uchun bor-yo‘g‘i 11 kun kerak bo‘lgandi. 2004 yil Prezident Ro Mu Xyon uchun shunday qarorni tayyorlash 14 kun talab qilingan. Yun Sok Yol Pak Kin Xedan keyin impichment natijasida lavozimidan chetlatilgan ikkinchi yetakchi.

Endi mamlakatda muddatidan oldin saylov bo‘lib o‘tadi. Yangi prezident oltmish kun ichida, ya’ni 3 iyungacha saylanishi kerak. Hozircha bosh vazir Xan Dok Su davlat rahbari vazifasini bajarib turadi. Taxminga ko‘ra, tezroq muddatidan oldin saylov o‘tkazilsa, hukmron "Fuqarolik kuchlari" partiyasi noqulay vaziyatga tushib qoladi.

Bo‘lajak saylovda mamlakat oliy lavozimiga konservatorlardan mehnat vaziri Kim Mun Su, Seul meri O Se Xun, Tegu shahri meri Xong Jun Pxyo, sobiq adliya vaziri Xan Don Xun, deputat An Chol Su va sobiq deputat Yu Seng Min da’vo qilishi kutilyapti.

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/3FMdWHHrr5Q" title="&quot;Hunar ko‘rsatgan&quot; Tramp, Suriya bazalariga ishqiboz Turkiya, Prezident ketdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Turli ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, Birlashgan Demokratik partiya yetakchisi Li Chje Myon boshqa nomzodlardan sezilarli o‘zib ketishi mumkin. Ushbu partiya impichment tarafdori bo‘lgan jamoatchilikning qo‘llab-quvvatlashiga tayanib, uch yil oldingi saylovdagi mag‘lubiyat uchun o‘ch olishga shay va hokimiyatni qanday qilib bo‘lsa ham o‘zgartirishni maqsad qilgan.

Ayni payt mamlakat konstitutsiyaviy sudi binosi oldida impichment tarafdorlari va ushbu qarorga qarshi tomon miting uyushtirmoqda. Xabarlarda aytilishicha, namoyishda Prezident iste’fosini talab qilayotgan muxolifat ayniqsa faollik ko‘rsatmoqda.

Sardorbek Poyonov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA.

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Hunar ko‘rsatgan" Tramp, Suriya bazalariga ishqiboz Turkiya, Prezident ketdi (+video)