Munosabat

Ona zamin insoniyat gavhari bo‘lmish allomalarga beshik bo‘lar ekan, ularning ilm ziyosi bashariyat kamoloti uchun abadiylikka munosib bo‘lib yashayveradi. Islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur Moturidiy ana shunday betimsol ma’rifat sohibi sanaladi.   

Ma’lumotlarga ko‘ra bu zotning nasabi ulug‘ sahobiy Abu Ayyub Ansoriyga borib taqaladi. Shuning uchun ushbu ulug‘ allomaga “Ansoriy” nisbati ham berilgan.   

Abu Mansur Moturidiyning ustozlaridan biri bo‘lgan Muhammad ibn Muqotil Roziy hijriy 248 (milodiy 862) yilda vafot etgani aytilgan. Shunga ko‘ra, Abu Mansur Moturidiy hijriy 240 (milodiy 854) yildan oldin tug‘ilgan, chunki Muqotil Roziydek faqih, muhaddis olimdan ta’lim olish uchun shogird kamida o‘n yosh atrofida bo‘lish kerak, deyilgan.   

Alloma shar’iy ilmlarning uchta yo‘nalishi – Tafsir, Usulul fiqh, Aqoid bo‘yicha asarlar ta’lif etgan. “Ta’viylotu ahli sunna” (Ahli sunnaning tushuntirishlari), “Ma’xozush sharoi’” (Shar’iy hukmlar manbasi) va “Jadal” (Ilmiy bahslar) va boshqa ko‘plab asarlar shular jumlasidan sanaladi.   

Butun hayotini ilm ma’rifat o‘rganish va uni yoyish bilan o‘tkazgan Abu Mansur Moturidiy hijriy 333 (milodiy 945) yilda to‘qson besh yoshlar atrofida Samarqandda vafot etgan va Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.   

Ushbu ulug‘ allomaning ibratli hayot yo‘li va boy ilmiy-ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganishni rag‘batlantirish, moturidiylik ta’limotiga xos bag‘rikenglik va mo‘’tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yil 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi. “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida“gi mazkur qarorga ko‘ra, alloma tavalludini islom olamidagi obro‘-e’tibori va nufuziga munosib tarzda yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha bir qancha chora-tadbirlar belgilandi. Unda,  jumladan, 2025 yil aprel oyida Samarqand shahrida “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘’tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish;   

xorijlik tadqiqotchilar o‘rtasida moturidiylik ta’limoti bo‘yicha ilmiy tanlov o‘tkazish, g‘oliblar ishtirokida O‘zbekistonda madaniy-ma’rifiy uchrashuv va seminar-treninglar tashkil etish;   

Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” va “Kitob at-tavhid” asarlari va moturidiylik ta’limotiga oid manbalarning o‘zbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini nashr etish kabi vazifalar belgilandi.   

Shu bilan birga, Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bag‘ishlangan esdalik suvenirlarini muomalaga chiqarish hamda pochta markalari, taqvimlar, buyuk mutafakkirning hayoti va ilmiy merosini yoritib beradigan boshqa ko‘rgazmali axborot vositalari turkumini yaratish;   

Imom Moturidiyning serqirra hayot yo‘li va ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyatini ochib beradigan badiiy-publitsistik film yaratish;   

Samarqand viloyatida Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti yo‘nalishida faoliyat olib borgan allomalarning hayoti, ilmiy va ijodiy merosiga bag‘ishlangan asarlarning nodir qo‘lyozma va nashr nusxalari hamda kitoblari ko‘rgazmasini tashkil etish hamda Samarqand shahridagi Abu Mansur Moturidiy majmuasini qayta ta’mirlash va obodonlashtirish kabilar nazarda tutilgan.   

– O‘zbekiston zamini qadimdan ilm-ma’rifat, ma’naviyat, sivilizatsiyalar kesishgan chorraha sifatida butun dunyoga ma’lum va mashhur. Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar jahon ilm-fani taraqqiyotiga benazir hissa qo‘shganlar, – deya fikr bildiradi Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov. – Ajdodlarimiz orasida «Hidoyat imomi» degan unvonni olgan Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh alohida o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarori Imom Moturidiy rahimahullohning boy ilmiy merosini butun dunyoga tarannum etishda muhim hujjat bo‘ldi.   

Moturidiylik ta’limoti sunniylik yo‘nalishidagi ikki yirik maktabning biri bo‘lib, ushbu ta’limoti X asrdan bugungi kunga qadar o‘zining mo‘’tadilligi bilan ajralib turadi. Buning asosiy sababi Imom Moturidiy o‘z ta’limotini o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy jihatlarini ham hisobga olgan holda yaratgan. Shuning uchun ham moturidiylik ta’limotini o‘rganishga qiziqish katta. Moturidiylik ta’limoti dunyoning ko‘plab yirik ta’lim muassasalarida, xususan, al-Azhar universitetida ham o‘qitiladi.   

Davlatimiz rahbarining mazkur qaroriga binoan shu yil aprel oyida Samarqand shahrida “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘’tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish, allomaning “Ta’vilot al-Qur’on” va “Kitob at-tavhid” asarlari va moturidiylik ta’limotiga oid manbalarning o‘zbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini nashr etish belgilangani buyuk ajdodimizning boy ilmiy-ma’rifiy merosini dunyoga tarannum etish uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi, inshaalloh.   

Darhaqiqat, qarorda nazarda tutilgan muhim jihatlardan biri sifatida “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyalar, suhbatlar, “Moturidiylik ta’limoti bilimdoni” kabi tanlovlar o‘tkaziladi va g‘oliblar munosib taqdirlanadi.   

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Madaniy meros agentligi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotiga mansub allomalarning hayoti va ilmiy merosiga oid noyob qo‘lyozma asarlar va boshqa madaniy boyliklar aniqlanib, ularning nusxalarini O‘zbekistonga olib kelish va tadqiq qilish tizimli ravishda tashkil etiladi.   

Davlatimiz tomonidan hidoyat imomi sanalmish ushbu ulug‘ alloma va uning ilmiy merosiga ko‘rsatilayotgan ehtirom xalqimiz hamda kelajak avlodlar uchun ibrat va iftixor ramzi bo‘lib qoladi.   

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hidoyat imomi ijodiga buyuk ehtirom