13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga uch kunlik davlat tashrifi yakunlandi. Bu ikki tomonlama munosabatlar tarixida muhim voqea bo‘lib, ko‘lami va ahamiyati bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishini belgilab berdi. Tashrif doirasida siyosat, "yashil" iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi va energetikadan tortib, sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat kabi keng ko‘lamli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 20 dan ortiq kelishuv va shartnomalar to‘plami imzolandi.

Ekspertlarning qayd etishicha,  bu voqea O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida  yangi sahifa ochibgina qolmay, Markaziy  Osiyo va Yevropa mintaqalari o‘rtasida uzoq muddatli  hamkorlik uchun mustahkam asos yaratishda  muhim bosqich bo‘ldi.  

Tashrifni tavsiflar ekanmiz, quyidagi asosiy jihatlarni  ko‘rsatish mumkin:

Birinchidan, so‘nggi yillarda siyosiy masalada  o‘zaro aloqalar tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi muloqot yangi bosqichga ko‘tarildi:  oliy darajadagi  tashriflar soni tarixiy eng yuqori darajaga yetdi.   Bu 2018 yildan buyon to‘rtinchi sammit hisoblanadi, tashqi siyosiy idoralar o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar muntazam o‘tkazilmoqda,  parlamentlararo aloqalar faol rivojlanyapti.  

Ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanishi  ushbu jarayonning  muhim natijasi bo‘ldi. Ushbu asosiy hujjat uzoq muddatli o‘zaro hamkorlikning  ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi hamda  Toshkent va Parijning hayotiy  muhim manfaatlariga javob bergan holda, barcha sohalardagi hamkorlikni  faollashtirishga xizmat qiladi.  

Mazkur kelishuv O‘zbekistonning xalqaro munosabatlarda ortib borayotgan rolini ko‘rsatadi. Mamlakatimiz o‘z mavqeini  faol ravishda mustahkamlab, tobora muhim sherikka aylanib bormoqda. O‘zbekiston  Markaziy Osiyodagi  strategik joylashuvi tufayli Sharq va G‘arb o‘rtasidagi aloqalarni  yo‘lga qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi va bu Fransiya bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.  

Ayni damda, global  siyosatda  kuchli mavqega ega Fransiya ham  bu munosabatlarni rivojlantirishga faol hissa qo‘shmoqda. Mamlakat tarixan xalqaro huquq va gumanitar hamkorlik  sohasida muhim  ishtirokchilardan biri hisoblanadi. Parijda YUNESKOning bosh qarorgohi joylashgan, Strasburgda Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi  faoliyat yuritadi. Shuningdek, Fransiya tomoni G7 va  G20 kabi nufuzli tuzilmalar ishida ham faol ishtirok etadi.  

Tashrifning yorqin voqealariga aylangan  yuksak darajadagi protokol tadbirlari alohida e’tiborga sazovor.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasining oliy mukofoti – Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi. Prezident Emmanuel Makron tomonidan o‘tkazilgan tantanali marosim davlatimiz rahbariga bo‘lgan  alohida hurmat-ehtiromni ko‘rsatadi.  

Bunday e’tirof –  oddiy rasmiyatchilik emas, balki  mamlakatlarimiz  o‘rtasida shakllangan yuksak ishonch ifodasidir. Bu shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yuritayotgan tashqi siyosat samaradorligining yorqin tasdig‘i hamdir.    

Ikkinchidan, iqtisodiy hamkorlik  an’anaviy yo‘nalishlardan  yanada texnologik sohalarga o‘zgargan holda, tubdan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.  

Bu borada tashrif yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Innovatsiya va sanoat sherikligi dasturi muhim qadamlardan bo‘ldi. Hujjatdan ko‘zlangan maqsad – har ikki mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish orqali  uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni saqlab qolishdir.  

Muhim mineral xomashyo resurslarini qazib olish va qayta ishlash, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport va boshqa tarmoqlar asosiy yo‘nalishlar qatorida belgilangan. Investitsiyalarning umumiy qiymati 6,5 milliard yevroni tashkil etadi. Bu qo‘shma loyihalar portfelini 12 milliard yevroga yetkazadi. Mazkur loyihalar  Fransiyaning yetakchi banklari va investitsiya jamg‘armalari tomonidan moliyalashtiriladi.  

Bu bir tomondan, Yevropa ishbilarmonlik jamiyatining yuksak ishonchini ko‘rsatsa, boshqa  tomondan  Fransiyaning  o‘zbek iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilishda, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilishda va ilg‘or texnologiyalarni ilgari surishda ishtirok etishga tayyorligini bildiradi.  

Energetika sohasida imzolangan  kelishuvlar alohida e’tiborga loyiq. O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalari rivojlantirishga tayangan holda, o‘z energetika balansini  faol diversifikatsiya qilmoqda. Ilg‘or texnologiyalar va nou-xauga ega Fransiya bu jarayonda muhim rol o‘ynashi mumkin.  Nufuzli Renewable Energy Country Attractiveness Index (RECAI) reytingiga ko‘ra, Fransiya qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida innovatsiyalarni  joriy etish bo‘yicha dunyodagi yetakchi  mamlakatlar qatoriga kiradi. Total va Voltalia kabi kompaniyalar  bu sohada yirik loyihalarni  amalga oshiradilar. Masalan,  mamlakatimizda  ilk quyosh elektr stansiyasi aynan fransuz  sheriklarimiz hamkorligida bunyod etilgan.  

Bo‘lib o‘tgan tashrif sherikchilikni mustahkamlashga xizmat qiladigan yangi shartnomalarni olib keldi. Joriy yilning avgust oyida Toshkent viloyatida  500 kilovattli  agrovoltaik loyihaning ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Shunday qilib, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi hamkorlik barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga yordam beribgina qolmay,  O‘zbekistonning energetik o‘tishga bo‘lgan qat’iy intilishini ham ko‘rsatadi.  

Uchinchidan, strategik sheriklikning yana bir muhim tarkibiy qismi bo‘lgan  madaniy-gumanitar soha ham ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning ajralmas qismi hisoblanadi.

O‘zbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi  buning tasdig‘idir. Bu qadam  ikki mamlakat o‘rtasidagi  akademik almashinuv va  yoshlar o‘rtasidagi aloqalarni  mustahkamlaydi. O‘quv muassasasida Fransiyaning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda  ta’lim dasturlari amalga oshiriladi. Bu esa, talabalarga xalqaro darajadagi diplomlarni olish  imkoniyatini taqdim etadi.  

O‘zbekistonda fransuz tilini o‘qitishni kengaytirish hamda mutaxassislar va talabalar harakatchanligi to‘g‘risida imzolangan bitimlar va dasturlar ham bu boradagi salmoqli hujjatlardandir. Fransiya universitetlari muntazam ravishda dunyoning  nufuzli reytinglaridan joy oladi (QS World University Rankings va THE World University Rankings) va  mamlakat oliy ta’lim sohasida  yetakchi hisoblanadi.  

Shu bilan birga,  tashrif davomida Parij shahrida Savitskiy muzeyi to‘plamidagi Markaziy Osiyo avangard san’at asarlari ko‘rgazmasini tashkil etish rejasi qo‘llab-quvvatlandi. Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha hamkorlik uchun mamlakatimizda Fransiya merosi instituti vakolatxonasini ochish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.  

Bu qadamlar Fransiya hamjamiyatining  O‘zbekiston madaniy merosiga qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi. Madaniy-gumanitar sohadagi izchil muloqot  xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlaydi va  ikki tomonlama sheriklikni  mustahkamlovchi muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi.  

2030 yilgacha Fransiya taraqqiyot agentligi bilan imzolangan hamkorlik dasturi alohida ahamiyatga ega. Agentlik 2016 yildan buyon iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, barqaror rivojlanishni ta’minlash va aholi turmush darajasini  yaxshilashga qaratilgan  loyihalarni amalga oshirishda faol  ishtirok etib kelmoqda.  

Shu tarzda,  imzolangan kelishuvlar  Fransiya bilan  uzoq muddatli o‘zaro hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratadi. Kelishuvlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish maqsadida tomonlar tashqi ishlar vazirliklari boshchiligida iqtisodiy idoralarni jalb qilgan holda Strategik rejalashtirish guruhini tuzadilar.

Umuman olganda, shuni ishonch bilan aytish mumkinki, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parijga tashrifi O‘zbekiston va Fransiya  o‘rtasidagi yuksalib borayotgan ishonchni namoyish etibgina qolmay, har ikki  davlatning  barqaror rivoji va farovonligi yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Bu shuningdek, tomonlarning  ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga,  birgalikda  global masalalarni hal etishga va  o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun yangi ufqlarni  ochishga bo‘lgan  intilishini ko‘rsatadi.  

Kamila Sabirova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi.

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlikning yangi ufqlari: Shavkat Mirziyoyevning Parijga tashrifi yakunlari