Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha U17 yosh toifasidagi Osiyo kubogining guruh bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘tkazildi. Mazkur turdan so‘ng, O‘zbekiston terma jamoasi muddatidan avval jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Gap shundaki, mazkur guruhda Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ilk o‘yinda Tailand termasini 4:1, ikkinchi bahsda Xitoyni 2:1 hisobida taslim etdi va ochkolarini 6 taga yetkazib oldi. Musobaqa mezboni Saudiya Arabistoni esa Xitoy bilan o‘tgan uchrashuvda 2:1, Tailandga qarshi bahsda 3:1 hisobida zafar quchdi. Mazkur natijalardan so‘ng, “A” guruhida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni uchinchi turdan avval joriy yilning 3-27 noyabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan mundialga yo‘llanmani naqd qildi.

Endi ushbu guruhda O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 9 aprel kuni soat 22:15da Saudiya Arabistoniga qarshi o‘tkazadi.Tailand va Xitoy termalari o‘rtasidagi uchrashuv rasmiyatchilik uchun o‘tkaziladi.

Chempionat doirasida bugun “B” guruhida Vetnam – Yaponiya, Avstraliya – BAA, “C” guruhida esa Janubiy Koreya – Afg‘oniston, Yaman – Indoneziya o‘smirlar terma jamoalari maydonga tushadi.

Ma’lumot o‘rnida: U17 yosh toifasidagi jahon chempionatiga hozirga qadar O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Fiji, Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya, Salvador, Gonduras, Panama, AQSH, Kanada, Kosta-Rika, Gaiti, Meksika, Belgiya, Angliya, Avstriya, Xorvatiya, Chexiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Portugaliya, Irlandiya, Shveysariya, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Venesuela, Burkina-Faso, Mali va musobaqa mezboni Qatar ishtirok etish huquqiga ega chiqdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbolchilarimiz jahon chempionatiga muddatidan avval yo‘l oldi