
Energetika vazirligi 2024 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish ko‘rsatkichlarini yanada yaxshiladi. Vazirlikning 2023 yilga nisbatan 4 ballga yuqorilagan natijalari korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarining samarali amalga oshirilganligini ko‘rsatadi.
2024 yilda vazirlikning ko‘rsatkichlari “yaxshi” deb baholangan. 2023 yilda ham “yaxshi” baholangan vazirlik, bu yil 4 ballga yuqori natija ko‘rsatdi. 2023 yilda 31-o‘rinni egallagan Energetika vazirligi, 2024 yilda 12 pog‘onaga yuqorilab, 19-o‘ringa chiqdi.
Shuningdek, vazirliklar orasida Adliya va Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirliklari bilan bir xil ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgani qayd etildi.
Energetika vazirligi joriy yilda ham korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni saqlab, talablarga qat’iy amal qilishda davom etadi.
N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA