ATTO kartasi orqali to‘lov jamoat transportida tez, qulay, xavfsiz va zamonaviy to‘lov usuli hisoblanadi. Bu nafaqat yo‘lovchi uchun, balki transport tizimi uchun ham samarali (to‘lovni shaffof qiladi).

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil iyul oyida ATTO tizimi poytaxt va viloyatlardagi kundalik sayohatlarda muhim o‘rin egallab, ajoyib natijalarga erishdi.

Qayd etilishicha, jamoat transportida 46,7 million tranzaksiya —2024 yilning shu davriga nisbatan 33 foiz o‘sish kuzatilgan.  Transport kartalari orqali 13,9 million tranzaksiya amalga oshirilgan.

Bank kartalari orqali to‘lovlar 193 foizga ko‘payib, 26 million tranzaksiyaga yetdi. Metro yo‘lovchilari qog‘oz QR-chiptalari orqali 1,6 million va mobil QR kod yordamida 905 ming 874 ta tranzaksiya amalga oshirdi.

ATTO virtual kartalari 196 foizga o‘sib, 447 ming 847 ta tranzaksiyani tashkil etdi. 25 ming 676 ta transport kartasi sotilgan va 15 ming 565 ta virtual karta yaratilgan. Respublika hududlarida tranzaksiyalar 910 foizga o‘sib, 6,3 million operatsiyani tashkil etgan.  

Ta’kidlash lozimki, ATTO kartasi balansini mobil ilovalar (Click, Payme, Apelsin va h.k.), terminallar, bank mobil ilovalari yoki bankomatlar orqali to‘ldirish mumkin.

Muhayyo  Toshqorayeva,

O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektron to‘lov tizimining afzalliklari nimada?