Farg‘ona viloyatidagi chegara-bojxona postlaridan birining boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning Qirg‘iz Respublikasidan olib kelgan 80 dona “Iphone-16” rusumli uyali telefon apparatlarini tegishli rasmiylashtiruvlarsiz bojxona postidan noqonuniy o‘tkazib berganligi evaziga 5000 AQSH dollari hamda 1 dona “Iphone-16 Pro” telefon apparati talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bojxona organlari podpolkovnigi ushbu moddiy qiymatliklarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

O‘zA

Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX: Farg‘onada bojxona posti boshlig‘i pora bilan ushlandi