Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida qozoq xalqining buyuk shoiri, adabiy til va yozma adabiyot asoschisi, ma’rifatparvar, faylasuf, bastakor, tarjimon va jamoat arbobi Abay Qo‘nonboy o‘g‘lining 180 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “Abay ma’naviy xazinasining turkiy dunyoga ta’siri” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkiya davlatlaridan, shuningdek, respublikamizdagi ilg‘or oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlaridan olimlar, doktorantlar va izlanuvchilar ishtirok etdi.  

Tadbir ishtirokchilari institut rahbariyati, Turkiy tillar fakulteti jamoasi hamda qozoq tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.  

Mehmonlar dastlab institutda qoraqalpoq adabiyotining atoqli vakili Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 200 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan muzeyda bo‘ldi.  

Konferensiyaning ochilish plenar majlisida institut rektori Quvondiq Qodirov O‘zbekiston va Qozog‘istonning barcha sohalar bo‘yicha do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari, shu bilan birga, tarixi, tili, dini, madaniyati, turmush tarzi bir-biriga ildiz otgan turkiy xalqlar bilan davom etayotgan hamkorlik aloqalarining ahamiyatiga to‘xtaldi.

Xalqaro tadbir doirasida olimlar qoraqalpoq, o‘zbek, qozoq, turkman va boshqa xalqlar adabiyotining yaqin aloqalari, Abay Qo‘nonboy o‘g‘li ijodining nafaqat qozoq xalqi, balki turkiy xalqlar va jahon adabiyotidagi tutgan o‘rni, uning chuqur falsafiy, gumanistik fikr-mulohazalari, qarashlari, asarlarining jahon xalqlari adabiyotida o‘rganilishi, ularni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish va kelajak avlodlarga yetkazish kabi masalalar bo‘yicha ma’ruzalar qildi.  

Qozog‘istondan kelgan mehmonlar Abayning adabiy va falsafiy merosi butun turkiy dunyo uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, uning 180 yillik yubileyi birinchilardan bo‘lib Qoraqalpog‘iston hududida nishonlanayotgani uchun institut jamoasiga minnatdorlik bildirdi.  

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Do‘stlik rishtalari: xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya