Kuni kecha Belgiyaning Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan “Global Gateway” forumi doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika vazirlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatlar o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ayniqsa, mintaqaviy ahamiyatga ega “Qambarota GES-1” loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika vazirliklari hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) va Yevropa investitsiya banki (YeIB) o‘rtasida anglashuv memorandumlari imzolandi.

Energetika vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, “Qambarota GES-1” loyihasi doirasida 5,4 milliard metr kub suv sig‘imiga ega ombor qurilib, 1860 megavatt quvvatli gidroelektr stansiya ishga tushiriladi. Bu orqali yiliga taxminan 5,6 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Loyiha barqaror energiya manbai yaratish bilan birga, mintaqada iqtisodiy o‘sish va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, “Global Gateway” forumi doirasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tashabbusi bilan “Markaziy Osiyoda sheriklik muloqoti” bo‘lib o‘tdi.  

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston energetika vazirliklari vakillari ishtirok etdi.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi tashabbusi bilan xalqaro moliya institutlari va mintaqaviy energetika vazirliklari ishtirokida “Markaziy Osiyoda gidroenergetika salohiyatini oshirish” mavzusida sessiya tashkil etildi.

Unda “Rog‘un” va “Qambarota” kabi yirik gidroenergetika loyihalarining ahamiyati, ularni amalga oshirishda xalqaro moliya institutlarining ishtiroki, suv resurslaridan oqilona foydalanish, aholi bandligini oshirish va barqaror qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bryusselda “Qambarota GES-1” loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha anglashuv memorandumlari imzolandi