Sammitdan so‘ng...

Shu kunlarda, hech mubolag‘asiz, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar tarixida yorqin sahifa ochildi. Iqlim sohasida esa zamonaviy tahdidlarga birgalikda qarshi kurashishga maqsad qilindi.

Anglaganingizdek, so‘z Samarqand shahrida o‘tgan navbatdagi nufuzli tadbir – “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti haqida bormoqda.

Shu kuni Samarqand xalqaro iqlim forumi ham yuqori saviyada o‘tdi. Unda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari, xalqaro moliya institutlari, global va milliy ekologik tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.  

Davlatimiz rahbari ushbu tadbirdagi nutqida ishtirokchilarga qarata sizlarning forumda qatnashishingiz barqaror rivojlanishning eng dolzarb masalalari bo‘yicha samarali yechimlar izlashda birgalikda sa’y-harakatlar olib borishga sodiqlik namunasidir, deya alohida ta’kidladi.  

Tadbirdan so‘ng ba’zi ishtirokchilarning fikr-mulohazalarini yozib oldik.

Aziz ABDUHAKIMOV, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri:  

– Bu forumda ishtirok etish uchun Samarqandga saksondan ortiq davlatdan vazirlar, ekspertlar, sohani chuqur tushunadigan olimlar kelishdi. Forum doirasidagi tadbirlarda mintaqada ekologik masalalarning oldini olish, mavjud muammolarni yumshatish chora-tadbirlariga e’tibor qaratildi. Umumiy strategik vazifalarni amalga oshirish doirasida esa mintaqaning “yashil” taraqqiyot konsepsiyasi ishlab chiqilyapti. Mazkur hujjatning hamfikrlikda qabul qilinishi va amalga oshirilishi Markaziy Osiyoning ekologiya sohasidagi taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Tadbirlar doirasida har tomonlama samarali loyihalar amalga oshirilishiga erishildi. Bu o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Xorijiy hamkorlarning mamlakatimizdagi islohotlarga ishonayotgani shu kelishuvlarning natijadorligiga xizmat qilmoqda.

Iqlim muammolarini hal qilish uchun davlatlar va tegishli xalqaro tashkilotlar mana shunday bir birini tushunishi kerak.  

Shu o‘rinda bir ma’lumot. O‘tgan yili sayyoramizda o‘rtacha havo harorati birinchi marta Selsiy shkalasi bo‘yicha bir yarim darajadan yuqoriroq ko‘tarilgan. So‘nggi o‘n yillik butun meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq davr bo‘lgani aytilmoqda. Buning oqibati nimalarda ko‘rinmoqda? O‘rmon yong‘inlari va cho‘llanish miqyosi ortib borayotgani, muzliklar qisqarayotgani, suv resurslari taqchilligi kuchayayotgani, havo sifati yomonlashayotganini kabi muammolar iqlim inqirozlarining salbiy ta’sirlari sababidandir.

Ekologik muammolar bilan kurashish bo‘yicha O‘zbekiston amalga oshirayotgan ishlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni jahon hamjamiyati ko‘rib turibdi. Hozir bu haqida gapirmoqchi emasman.  

Xulosa oddiy, atrof-muhitni asrab-avaylashda mas’uliyat barchaning zimmasida. Bu kun tartibimizdagi eng muhim masala bo‘lishi kerak.

Prezidentimiz forumda barchaga biz Yerni ajdodlarimizdan meros sifatida emas, balki farzandlarimizdan qarzga olganimizni eslatdi. Bu gap bizning vazifamiz kelajak avlodlar barqaror, xavfsiz va farovon dunyoda yashashi uchun barcha chora-tadbirlarni bugundan boshlab ko‘rishimiz zarurligiga chorlov bo‘ldi.

Dilshod AHADOV, O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi:

– Xabaringiz bor, sammit kun tartibida Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar, amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi. Bu shunchaki gaplar emas, tarixiy voqea bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bunga umumiy siyosiy iroda tufayli erishiladi. Bugungi kundagi Markaziy Osiyodagi chuqur transformatsiya jarayonlari barqaror va ortga qaytmas tus oldi. Muhimi, yaxshi qo‘shnichilik aloqalari mustahkamlanmoqda, keng ko‘lamli hamkorlik aloqalari kengaymoqda.

Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari ham sezilarli darajada faollashdi. Buning ortida olib borilayotgan oqilona siyosat turibdi.  

Natijani bugungi muloqotlarda ko‘ryapmiz.

Fikrimizni ba’zi raqamlar bilan davom ettiraylik. Keyingi yetti yilda ikki mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi bir necha barobar o‘sib, 54 milliard yevroni tashkil etgani haqida ma’lumotlar bor. Bugungi kunda Yevropaning yetakchi kompaniya va banklari bilan amalga oshirilayotgan loyihalar portfeli ham ancha yuqori.  

Samarali hamkorlik platformalari ishga tushirildi. Barcha muhim yo‘nalishlar bo‘yicha vazirlar yig‘ilishlari, forumlar va sammitlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Sammit yakunida ikki mintaqa o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatishni nazarda tutuvchi Qo‘shma deklaratsiya va o‘ta muhim minerallar sohasida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilindi.

Bu hamkorlik aloqalari yaqin istiqbolda o‘zining katta natijalarini bera boshlashiga ishonamiz.

Ikrom AVVALBOEV, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birgalikdagi sa’y-harakat – barqaror rivojlanishga erishishning eng samarali yechimi