Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston xalq rassomi A’zamxo‘ja Asqarovning “Hayot va xayol” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada rassom rangtasvir asarlari, ijodiy vitrajlari, ob’ektlarga ishlagan vitrajlarining fotonusxalari hamda shaxsiy arxividan fotosuratlar taqdim etildi.

Tadbirda qayd etilganidek, A.Asqarov bugungi kunda ancha noyob bo‘lib borayotgan badiiy shishasozlik va vitraj texnikalarining yurtimizda keyingi yillarda rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelayotgan, betakror va noyob asarlar yaratib kelayotgan iste’dodli rassomdir.

Rassomning “Hayot va xayol” nomli ko‘rgazmasida namoyish etilayotgan rangtasvir asarlari va eskizlari, vitrajlari uning ko‘p yillik tinimsiz mehnatlari mahsulidir. Bular orasida Hazrati Imom majmuasidagi O‘zbekiston musulmonlar idorasi binosining kirish va chiqish peshtoqlaridagi hamda Hazrati Imom majmuasidagi Tillashayx masjidiga ishlangan vitrajlar alohida qiymatga ega.

Ijodkorning rangtasvir asarlari va ayrim vitrajlari ijodga teran tafakkur ila yondashganini ko‘rsatadi. Asarlari kompozitsiyalarida ma’lum bir g‘oyalar mujassam bo‘lib, ular konseptual xarakterga egaligi bilan e’tiborni tortadi. Asarlarida kompozitsion va ranglar yechimi uzviy bog‘liq va uyg‘unlikka ega. Ustaning ishlarida, asosan, simvolizm yo‘nalishi kuzatilsa-da, ularning mohiyati sharq san’ati hamda adabiyotining mavzu va syujetlarini ta’kidlaydi. 

Mavzu rang, chiziq va shakllar yordamida ramziy talqin etiladi. Ijodkor ifoda vositalarining barchasiga mazmun-mohiyatni ochib beruvchi yoki ishora qiluvchi vazifalarni yuklaydi. Jumladan, to‘rtburchak zamin ramzi bo‘lsa, aylana koinot ramzi, turunj harakatni anglatsa, alvon ranglar shijoatni, qizil rang hayot ramzi bo‘lsa, sariq rang g‘am-anduhni, mehrob va sakkiz qirra islomga ishora qilsa, to‘rt qirra undanda qadimiy sivilizatsiyalardan darak beradi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bejirim vitrajlar ko‘rgazmasi