Baxtiyor Saidov yetakchi yapon kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) hamda Yaponiyaning Sumitomo Corporation, ITOCHU Corporation, Toyota Tsusho Corporation, Marubeni Corporation, Mitsui & Co., Mitsubishi Corporation va Sojitz Corporation kabi yirik korporatsiyalar vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan islohotlar jarayonida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. Ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish va yapon kompaniyalarning boy tajribasidan foydalanish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
– Mavjud masalalarga eng yaxshi yechimlarni topish, qulay shart-sharoitlar yaratish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va boshqa muhim masalalar kun tartibimizdagi asosiy mavzulardan bo‘ldi, - deydi tashqi ishlar vaziri.
Uchrashuv O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Aziza Alimova tayyorladi O‘zA