Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Banklar birinchi chorakda xorijdan 1,2 milliard dollar resurs jalb qildi. Buning yarmidan ko‘pi 4 ta bankka to‘g‘ri kelmoqda. Qolgan banklar ham bu boradagi ishini faollashtirishi muhim ekani ta’kidlandi.

Andijon, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida tadbirkorlar bilan faol ishlangani uchun ushbu mablag‘larning ko‘pi shu hududdagi loyihalarga to‘g‘ri kelayapti.

– Nima uchun qolgan hokimlar sifatli loyiha qilib, tayyor pulni ishlatmaydi? – deya savol qo‘ydi Prezident.

Endilikda banklar chetdan mablag‘ jalb qilishi bilan uni qanday loyihalarga, qancha muddatga va qaysi shartda berishi haqida hokimlarni xabardor qiladi. Hokimlar esa tadbirkorlar ishlab chiqqan tayyor loyihalarni to‘plab, banklarga taqdim etadi.

Davlatimiz rahbari yig‘ilishni yakunlar ekan, barcha mutasaddilarni yana bir bor ogohlantirdi. 

– Har bir daqiqani g‘animat bilib, qo‘yilgan katta marralarga mos ravishda ishni tashkil qilish kerak, – dedi Prezidentimiz. 

Yig‘ilish davomida turizm sohasida namunali faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilindi, tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

O‘zA

Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Banklar birinchi chorakda xorijdan 1,2 milliard dollar resurs jalb qilgan