Shu kunlarda Toshkent viloyatining barcha joylarida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida Navro‘z bayrami keng nishonlanmoqda.

Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyi atrofi va “Yoshlar bog‘i”da ham bahoriy ayyom ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Unga Olmaliq shahar hokimligi va OKMK tomonidan alohida tayyorgarlik ko‘rildi. Bayramda kombinat tarkibiy bo‘linmalari tomonidan barcha milliy va qardosh xalqlarning o‘ziga xos qadriyatlari va urf-odatlarini aks ettirgan ko‘rgazmalar namoyish etildi. 

Ayniqsa, milliy hunarmandchilik namunalari, badiiy chiqishlar barchada katta taassurot qoldirdi. 

Tadbir avvalida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi, senator Abdulla Hursanov, Olmaliq shahar hokimi Qobil Hamdamov hudud faollari va faxriylar bilan birga barchani Navro‘z umumxalq bayrami bilan qutlab, samimiy tilaklarini bildirdi. 

Turli milliy sport musobaqalarida yoshlar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Xususan, arqon tortish, tosh ko‘tarish, uzunlikka sakrash, kurash, shaxmat-shashka kabi sport musobaqalarining g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Xalq o‘yinlarida qatnashgan bolajonlar ham olam-olam zavq oldi. 

Navro‘z saylida turli tanlovlar, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, musiqiy ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi. Shuningdek, sumalak, palov, ko‘k somsa, chuchvara va boshqa milliy taomlar tayyorlanib, barchaga ulashildi. 

“Metallurg” madaniyat saroyi oldidagi katta sahnada el suygan san’atkorlar va badiiy jamoalarning konsert dasturi namoyish etildi. 

Shuningdek, bayram tadbirida shahardagi oliygohlarning talabalari ham faol qatnashdi. Ular ijrosidagi badiiy chiqishlar, ilm-fan yutuqlarini aks ettiruvchi maxsus ko‘rgazma ham ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

 A.Musayev, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahoriy ayyom barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda