AQSH Markaziy qo‘mondonligi Amerika manfaatini himoya qilish maqsadida Yamandagi “Ansor Alloh” harakatiga qarshi keng ko‘lamli amaliyot boshlanganini e’lon qildi. Shanba oqshomida ushbu guruhga qarashli qator ob’ektlarga zarba berilgan.

Ta’kidlanishicha, Xusiylar tayanchi sanalgan Sa’da viloyatiga hujum hamon davom etyapti. Shuningdek, qisman Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumati nazorati ostidagi shimoli-sharqiy Ma’rib viloyatiga ham hujum uyushtirilgan.

Avvalroq, yamanlik manba "RIA Novosti"ga bergan ma’lumotda aytilishicha,poytaxt Sana shimolidagi aholi zich joylashgan hududlarda  ikki turar-joy binosi portlagan, kamida 13 kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi yaralangan. Ayrim xabarlarda 30 dan ziyod qurbon berilgani aytilmoqda.

“Ansor Alloh” Qizil dengiz sohilining salmoqli qismini nazorat qiladi. Yaqin Sharqda mojaro kuchayishi asnosida xusiylar Isroil bilan bog‘liq kemalarga hujum qila boshlagan edi. Natijada Suvaysh kanali orqali yuk tashish deyarli to‘xtagan. Bundan tashqari xusiylar Isroil hududiga raketa va uchuvchisiz uchar qurilmalardan ham zarba yo‘llamoqda. Bunday harakatlar falastinliklarga yordam bilan izohlanmoqda.

Yaman shimolida hukmronlik qilayotgan shialar (xusiylar) endi Amerikaning harbiy amaliyotiga javoban, BAA yoki Jibutidagi AQSH bazalarini nishonga olishi mumkin, deydi mahalliy tahlilchi Muhammad Al-Basha "Vashington Post" gazetasiga intervyusida.

Ayni payt AQSH samolyotlarining Yamanga zarbasi davom etmoqda.

Shanba kuni Tramp AQSH armiyasiga Yaman shimolini boshqarayotgan "Ansor Alloh" (xusiylar) harakatiga qarshi "qat’iy va kuchli" choralar ko‘rishni buyurgani e’lon qilingan. Eron esa xusiylarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish, “Amerika xalqi va prezidenti”gi tahdid qilmaslikka chaqirilgan.     

                                                                                                     S.Rahimov, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH harbiylari Yamanga qarshi keng ko‘lamli amaliyot boshladi