“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Unda ishtirokchilar “Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish markazi” filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Asrorjon Asqarov  jamiyat tomonidan olib borilayotgan ishlar, ushbu markaz faoliyati va tizimda olib borilayotgan raqamlashtirish jarayonlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Uning ta’kidlashicha,  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mazkur tizimni yanada takomillashtirish, iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida amaliy va tizimli ishlar olib borilmoqda. 

– Xususan, yaqinda ishga tushirilgan “HET BILLING” dasturiy kompleksi va uning mobil ilova imkoniyatlari iste’molchilar uchun katta qulaylik yaratdi. Ushbu tizim orqali ulgurji va maishiy iste’molchilarga oid ma’lumotlar yagona bazaga jamlanib, elektr energiyasi hisobini raqamlashtirish, to‘lovlarni onlayn amalga oshirish, texnik vositalarning holati va harakatini kuzatish, shaxsiy kabinet hamda mobil ilovalar orqali ma’lumot almashish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi. Shu tariqa, “HET BILLING” yagona ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lib, boshqa raqamlashtirilgan tizimlar bilan integratsiya qilish imkoniyatlari kengaytirildi. 

Shuningdek, iste’molchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning het.uz sayti va mobil ilovasida elektr energiyasi xarajati kalkulyatori joriy etildi. U orqali foydalanuvchilar sarflangan energiyani eski va yangi tarif hamda me’yorlar asosida solishtirib ko‘rishlari mumkin. Joriy yil noyabr oyiga qadar 2 million 703 ming 996 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 2 million 648 ming 486 tasi ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, murojaatlarni tezkor qabul qilish va hal etish maqsadida viloyatlar bo‘yicha ishonch raqamlari tashkil etilgan. Ular orqali kelib tushgan murojaatlar tezlik bilan tegishli tuman ta’minotchi korxona mutaxassislariga yetkazilmoqda, – dedi A.Asqarov.

Press-tur davomida jurnalistlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tunu kun ishlaydigan “1154” qisqa rakamli call-markazi faoliyati bilan ham tanishdi. Shuningdek, unda mutaxassislar tomonidan ASKUE orqali iste’molning sutkalik, oylik va yillik nazorat yuritilishi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot chog‘ida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari Alvar G‘aybullayev jurnalistlarning savollariga javob berdi. U ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “aqlli” hisoblagichlarning noto‘g‘ri hisoblash bilan bog‘liq holatlarni quyidagicha izohladi: 

–Bugungi kunda “aqlli” hisoblagichlar noto‘g‘ri hisoblayapti, degan fikrlar asossiz. Chunki bu kabi holatlar bo‘yicha joyiga chiqib o‘rganishlar olib borilganda, ayni iddaolar o‘z tasdig‘ini topmagan. Shuningdek, markaziy baza ma’lumotlariga tashqi aralashuv yoki raqamlarni o‘chirish imkoniyati yo‘q. Buni har bir hududiy bo‘lim xodimi yaxshi biladi. Hisoblagichlarimiz aniq ishlaydi va noto‘g‘ri ko‘rsatma bermaydi. Ularning qiyoslashdan o‘tkazilishi ham bizning mas’uliyatimizda. Ayrim holatlarda iste’molchilar tomonidan hisoblagichni buzib ko‘rish holatlari kuzatilgan. Biz bu jarayonni xalqaro tajriba asosida o‘rganganmiz. Masalan, magnit yordamida hisoblagichni to‘xtatishga urinish holatlari bo‘lgan. Shuning uchun “aqlli” hisoblagichlarimizda bunday ta’sirlarga qarshi mukammal himoya tizimi joriy etilgan. Agar hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilsa, bu holat avtomatik ravishda yozib boriladi. Bir holatni misol sifatida aytib o‘tish joiz, iste’molchilardan biri hisoblagich noto‘g‘ri hisoblayapti, deb iddao qilib, uni ochib ko‘rgan va natijaga erisholmaganidan so‘ng hisoblagichni yoqib yuborgan. Keyinchalik bu holatni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan. Ammo o‘rganishlar jarayonida aniqlanishicha, u hisoblagichga 28 marta ta’sir o‘tkazib ko‘rgan. Biz bunday holatlarni osonlikcha aniqlay olamiz, – dedi A.G‘aybullayev.

Shuningdek, tadbirda Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklarida “1055” qisqa raqami orqali murojaatlarni qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Elektr energiyasi ta’minotiga oid murojaatlar hokimlik xodimlari “Xududiy elektr tarmoqlari” AJning “Ma’lumotlarni qayta ishlash va dasturiy tizimlarni takomillashtirish” departamenti filialidagi call-markaz operatorlari bilan telegram messenjeri orqali ma’lumot almashish shaklida ko‘rib chiqilmoqda.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/NK1Mt3ioVkQ?si=_MqpS2nYF8PsDqSp" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nasiba Ziyodullayeva, 

Nishonboy Abduvoitov,

Anvarxo‘ja Ahmedov (video-montaj),

O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Aqlli” hisoblagichlar bo‘yicha e’tirozlar o‘rinlimi? – Mutaxassis javob berdi (+video)