So‘nggi yillarda respublikamizda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, aholiga sifatli ta’lim va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda nodavlat tashabbuslarni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, maktabgacha ta’lim sohasida bu islohotlar o‘zining amaliy samarasini bermoqda.
Bugun Surxondaryo viloyatida 2 ming 800 dan ortiq nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Shundan 187 tasi davlat-xususiy sherikligi asosida, 12 tasi xususiy bog‘chalardir. Yana 2657 ta oilaviy nodavlat bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular nafaqat ish o‘rinlarini yaratmoqda, balki bolajonlarning baxtli bolaligi va har tomonlama rivoji uchun muhim maskanlarga aylangan. Termiz tumanidagi “Alpomish va Barchinoy” nomli bog‘cha ana shunday maskanlardan.
Mazkur ta’lim muassasasi 2020 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, 100 o‘ringa mo‘ljallangan. Bugun bu bog‘cha nafaqat zamonaviy infratuzilmasi, balki iliq muhit va o‘ziga xos mehnatsevar jamoasi bilan ham e’tiborga tushgan. Bog‘cha devorlaridagi bezaklar, yo‘laklardagi chiroyli naqshlar – bularning barchasi bolajonlar va tarbiyachilarning qo‘l mehnati mahsuli. Har bir rasmda mehr, har bir burchakda g‘amxo‘rlik mujassam.
[gallery-26148]
Bolajonlar uchun sport, musiqa, xorijiy tillar, mental arifmetika, badiiy gimnastika kabi yo‘nalishlarda to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Har bir mashg‘ulotda bolalarning iqtidori ochiladi, ijodkorligi va mustaqil fikrlashi rivojlanadi.
Bog‘chada 18 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan. Maskan bog‘idan olingan meva-chevalar bolalarning dasturxoniga tortiladi. Bu yerda sog‘lom ovqatlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tadbirkor rahbar sut, baliq mahsulotlari va tuxumni ham o‘z ishlab chiqarishidan ta’minlaydi. Muhimi, daromad orttirish emas, balki ota-onalarga qulaylik yaratish, bolalarga sifatli ta’lim va tarbiya berish, ularning kamol topishi uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitni ta’minlashdir.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/CFjepS6jTk0" title="“Alpomish va Barchinoy” – bolalarga g‘amxo‘r" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA