Poytaxtimizda Parlamentlaro ittifoqning 150-yubiley assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir ishtirokchisi – Birlashgan Arab Amirliklari Federal milliy kengashi Mudofaa, ichki va tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Ali Rashid Al-Nuaymiy ham ushbu xalqaro tadbirning ahamiyatini ta’kidladi:

– Avvalo, Prezident Shavkat Mirziyoyevga, O‘zbekiston Respublikasi parlamenti va xalqiga iliq qabul, bizga ko‘rsatilgan samimiyat va ehtirom uchun chuqur minnatdorlik bildiraman. Zero, bu holat ochiq va samarali muloqot garovidir.

Assambleya aynan Toshkentda o‘tkazilishi chuqur ramziy ma’nogo ega, chunki O‘zbekiston bugungi kunda xalqaro maydonda tinchlik, hamkorlik va parlament diplomatiyasi g‘oyalarini faol ilgari surmoqda.

Bunday tadbirlar barqaror kelajak, umumiy farovonlik uchun hukumatlararo muloqotni tashkil etish namunasi.

Delegatlarning salmoqli miqdori mamlakatning ishonchli hamkor, global jarayonlarning ishonchli ishtirokchisi sifatida ortib borayotgan nufuzini  anglatadi. Bu shunchaki raqamlar emas, balki qabul qilayotgan mamlakatga bildirilgan ishonch, qiziqish va ehtirom belgisidir. Toshkentda parlamentlar rahbarlari, siyosiy arboblar, xalqaro tashkilotlar ekspertlari to‘plandi. Ularni O‘zbekiston birlashtirdi. Ishonch bilan ayta olamanki, bu juda katta yutuq.

Anjuman dolzarb xalqaro muammolarni hal etish, mamlakatlar o‘rtasida tinchlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash maydonidir.

Aziza Alimova, Nosir Xaydarov (foto), O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ali Rashid Al-Nuaymiy: O‘zbekiston birdamlik va hukumatlararo muloqot ramzi