17 avgust kuni Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida elektr energiyasini uzatish va taqsimlash bo‘yicha to‘rtta loyihani birlashtirgan qariyb 243 million dollarlik shartnoma kuchga kirdi, deb xabar tarqatdi “Amu TV” telekanali.

Kobulda bo‘lib o‘tgan imzolash marosimida Tolibon Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar va O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ishtirok etgan.

Taliban sign $243M power project deal With Uzbekistan | Amu TV

Aniqroq aytganda, tomonlar 1000 megavatt quvvatga ega Surxon – Dasht – Alvon elektr uzatish liniyasini ishga tushirish, Arg‘andi kichik stansiyasini kengaytirish, Kobul – Shayx – Misri tizimini yaratish va Nangarhorda yangi mitti stansiya barpo etishga kelishib olishdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning 243 million dollar sarmoyasi Afg‘onistonga har yili 800-1000 megavatt elektr toki yetkazib berish imkonini beradi.

18 oy ichida mo‘ljaldagi barcha ishlarni yakunlash rejalashtirilgan.

Afg‘onistonning “DABS” energetika kompaniyasi e’tirof etishicha, mazkur bitim aholining atigi 40 foizga yaqini elektr energiyasidan foydalanish imkoniga ega bo‘lgan mamlakatdagi taqchillikni bartaraf qilishga yordam berishi shubhasiz.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston asosan import qilinadigan elektr energiyasiga tayanadi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston va O‘zbekiston energetika bo‘yicha yana bir yirik shartnoma imzoladi