Xabaringiz bor, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xalqimiz ozodligi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lida aziz jonlarini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish hamda targ‘ib etish maqsadida yangi "Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasini taqdim etishi haqida ma’lumot bergandik.

Loyihada Jadid vakillarini Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik teatrining professional aktyorlari gavdalantirgan. Ma’lumotlar esa, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Tarix instituti va Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti olimlari bilan hamkorlikda taqdim etildi.

Loyihaning ilk qahramoni barchaga keng ma’lum shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi — Abdulla Qodiriy. Qodiriyning asarlari o‘zbek xalqi hayotiga bag‘ishlangan. Abdulla Qodiriyning nashr etilmagan XX asrning yigirmanchi yillari yozilgan sahna asari asosida rejissyor Mark Vayl o‘zining Toshkentdagi Ilhom teatrida “Oppoq qora laylak” sahna asarini qo‘ygan.

Batafsil ma’lumot bilan videolavhada tanishishingiz mumkin.

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/09fTj2je3Eo" title="Abdulla Qodiriy — millat oydini" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdulla Qodiriy — millat oydini (+video)