Qurilişlarda birinçi navbatda mahalliy mahsulotlardan foydalaniş talabi joriy etiladi
Quriliş tannarxini pasaytiriş va davlat mablağlaridan samarali foydalaniş masalalari ham tanqidiy körib çiqildi.
Tahlillarga köra, Jizzax, Navoiy va Xorazmda qurilayotgan köp qavatli uylarning bir kvadrat metri tannarxi 3,5 million sömdan kam, Buxoro va Surxondaryoda esa 5 million sömdan yuqori. Ayrim hududlarda maʼmuriy binolar qurilişi qiymati ham bir-biridan 1,5-2 barobar farq qilmoqda.
Bunday tafovutlarga ortiqça vositaçilar, loyiha va smetalarning quriliş davomida qayta-qayta özgartirilişi sabab bölayotgani taʼkidlandi.
Kelasi yildan byudjet hisobidan amalga oşiriladigan qurilişlarda birinçi navbatda mahalliy mahsulotlardan foydalaniş talabi joriy etiladi. Davlat xaridlari portalida mahalliy quriliş materiallari işlab çiqaruvçilari uçun alohida savdo maydonçasi taşkil qilinib, ularga yiliga 15-20 trillion sömlik bozor oçiladi.
Uşbu tartibni strategik korxonalar va davlat kafolati ostidagi loyihalarga ham tatbiq etiş vazifasi qöyildi. Quriliş tannarxi, mahalliy mahsulotlar uluşi va energiya samaradorligi yuzasidan qatʼiy nazorat örnatiladi.
ÖzA