Yangi pardozbop toş konlari “nol çiqindi” tamoyili asosida işlaş şarti bilan auksionga qöyiladi
Pardozbop toşlar sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va çiqindilarni qayta işlaşga alohida eʼtibor qaratildi.
Mamlakatimizdagi 155 ta korxona yiliga 1 million tonna xomaşyo qazib olayotgan bölsa-da, uning 35-40 foizgaça qismi işlab çiqariş çiqindisi sifatida qolmoqda. Ayniqsa, Nurota, Ğozğon va Qöşrabotdagi konlar atrofida granit va marmar qoldiqlari töplangan.
Prezidentimiz rivojlangan davlatlar tajribasi asosida “nol çiqindi” tamoyilini keng joriy etiş zarurligini qayd etdi. Bunday xomaşyodan kompozit pol qoplamalari, sunʼiy toş plitalar va marmar kukuni kabi mahsulotlar tayyorlaş mumkin.
Mutasaddilarga bir oyda tadbirkorlarni jalb etib, pardozbop toş konlari atrofida kamida 100 million dollarlik loyihalarni boşlaş topşirildi.
Bundan buyon yangi pardozbop toş konlari “nol çiqindi” tamoyili asosida işlaş şarti bilan auksionga qöyiladi.
ÖzA